“Gazprom” Ukrainaning “Soxranovka” orqali gaz tranzitini to‘xtatish qaroriga baho berdi

© Sputnik / Maksim Blinov Kompaniya "Gazprom"
 Kompaniya Gazprom  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2022
Obuna bo‘lish
“Ukraina gaz-transport tizimi operatori” 11-maydan Lugans yaqinidagi "Soxranovka" orqali gaz tranzitini to‘xtatishi haqida xabar bergan edi.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. “Gazprom” “Ukraina gaz-transport tizimi operatori” va “Naftogaz”dan “Soxranovka” gaz taqsimovchi stansiyasi orqali gaz yetkazib berishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bildirishnomasini oldi, lekin ishni avvalgi rejimda davom ettirish uchun to‘siqlarni ko‘rmayapti. Bu haqda Rossiya kompaniyasi rasmiy vakili Sergey Kupriyanov ma’lum qildi.
Avvalroq “Ukraina gaz-transport tizimi operatori” 11-maydan Lugans yaqinidagi "Soxranovka" orqali gaz tranzitini to‘xtatishi haqida xabar bergandi. Kompaniya buni fors-major holatlari bilan tushuntirgan, aynan gaz taqsimovchi stansiyasi joylashgan hududda nazorati yo‘q.
Shuningdek, bu quvvatlarni Kiyevga nazorati ostidagi joylashgan “Sudja” tutashuv nuqtasiga o‘tkazishni taklif qilgan.
“Ukraina Naftogazi” o‘z navbatida Rossiya tomonidan “Soxranovka" orqali gaz yetkazish davom ettirilgan taqdirda Ukraina gaz taqsimovchi stansiyalarilaridan chiqish nuqtalarida hajmlar kamayishini bildirdi.
“Shu munosabat bilan “Gazprom” ma’lum qiladiki, biror bir fors-major holatlari tasdig‘ini olmadi, ishni avvalgi rejimda davom ettirish uchun hech qanday to‘siqlarni ko‘rmayapti”, - deyilgan xabarda.
“Gazprom” xabarida ta’kidlanishicha, Rossiya tomoni yevropalik iste’molchilar oldidagi o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarmoqda, gazni tranzit uchun shartnoma va operator bitimlariga muvofiq yetkazib bermoqda, tranzit xizmatlari esa to‘liq to‘langan.
Yangiliklar lentasi
0