Iqtisod

Markaziy bank bankomatlardagi naqd pul yetishmayotgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi

© pexels.com/Ono KosukiBankomat platejnaya sistema
Bankomat platejnaya sistema - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ijtimoiy tarmoqlarda bankomatlardagi naqd pul yetishmayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda bankomatlardagi naqd pul yetishmayotgani bilan bogʻliq tarqalgan xabarlar yuzasidan izoh berdi.
Taʼkidlanishicha, mart oyi ikkinchi yarmidan boshlangan milliy valyuta – soʻmda naqd pulga boʻlgan talabning keskin ortgan. Bank muomalaga mart oyida 1 trln. 119 mlrd. soʻm, aprel oyida – 6 trln. 343 mlrd. soʻm, may oyining oʻtgan 11 kunida 1 trln. 100 mlrd. soʻm qoʻshimcha naqd pullarni chiqargan.
Jumladan, mart-aprel oylarida qoʻshimcha chiqarilgan naqd pullarning 8 trln. soʻmi aholining naqd chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlashga boʻlgan keskin oshgan talabini (ushbu 2 oylik talab odatdagi 11,1 trln. soʻmdan 19,3 trln. soʻmga yetgan), 4-4,5 trln. soʻmi bank kartalaridagi mablagʻlarni naqdlashtirishga boʻlgan qoʻshimcha talabni (17 trln. soʻmdan 22 trln. soʻmga yetgan) qondirishga yoʻnaltirilgan.
Mavsumiy iqtisodiy faollikning ortishi sababli 2021 yilning mart-may oylarida Markaziy bank muomalaga qoʻshimcha ravishda 2,5 trln. soʻm naqd pul chiqargan boʻlsa, joriy yilning mart-aprel oylarining oʻzida (may oyini hisobga olmaganda) bu koʻrsatkich 3 barobarga oshdi.
“Markaziy bank tomonidan joylardagi banklar filiallari va bankomatlarni naqd pul bilan taʼminlash borasida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda va aholining naqd pulga boʻlgan talabini toʻliq qondirish uchun barcha imkoniyat va zaxiralari mavjud”, - deyilgan xabarda.
Bank yuzaga kelayotgan qisqa muddatli uzilishlar naqd pullarni joylarga yetkazib berish, yaʼni logistikasi va bankomatlarga joylashtirish bilan bogʻliq ekani va bu nazoratga olinganligini taʼkidlagan.
Rossiyadan pul oʻtkazmalarini qabul qilishda muammo yoʻq - Qoʻchqorov
Yangiliklar lentasi
0