Rossiya

Medvedev: AQShning pul dastgohi buziladi, Rossiya esa Ukrainadagi operatsiya maqsadiga erishadi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Fotobankka oʻtishZampred Soveta bezopasnosti RF D. Medvedev provel zasedaniye mejvedomstvennoy komissii Sovbeza RF
Zampred Soveta bezopasnosti RF D. Medvedev provel zasedaniye mejvedomstvennoy komissii Sovbeza RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining oʻrinbosari Amerika qoʻlidan Rossiyaning iqtisodiy rivojlanishi va dunyodagi siyosiy taʼsirini cheklash kelmasligini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Amerika Qoʻshmat Shtatlari Rossiyaning iqtisodiy rivojlanishi va dunyodagi siyosiy taʼsirini cheklay olmaydi, undan koʻra ularning pul bosib chiqaruvchi dastgohi buziladi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining oʻrinbosari Dmitriy Medvedev maʼlum qildi.
Siyosatchi oldinroq Vashington Kiyevga 40 milliard dollar miqdorida yordam koʻrsatish qarorini maʼqullaganini eslatgan. Uning fikricha, bunday yordamning maqsadi – “Rossiyaga qarshi proxy war davomi, mamlakatni ogʻir magʻlubiyatga uchratish istagi, uni iqtisodiy rivojlanishi va dunyodagi siyosiy taʼsirini cheklash”.
“Uddasidan chiqisholmaydi”, - deya taʼkidladi Rossiya Xavfsizlik kengashi. “Amerika uning evaziga doim oʻzining va misli koʻrilmagan darajada ortiqcha oshirilgan davlat qarzini koʻpaytirayotgan ularning bosma dastgohi tezroq buziladi”, -deya qoʻshimcha qilgan Medvedev va AQShda benzin va oziq-ovqat mahsulotlari narxi oʻsayotganini eslatgan.
Siyosatchi amerikaliklar buning uchun oʻzlarining rusofob hukumatlariga “minnatdorchilik bildirishlari” kerakligini kinoya qilgan.
“Maxsus operatsiyaning maqsadlariga esa (Rossiyaning Donbassni himoya qilishga qaratilgan) erishiladi”, - deya xulosa qilgan u.
Gʻarbda “Rossiyaga berilgan qaqshatqich zarba” muvaffaqiyatsizlikka uchraganini tan olishdi
Yangiliklar lentasi
0