Sirdaryoda To‘ra Sulaymon uy-muzeyi paydo bo‘ladi

© Xurshid Davron kutubxonasiTo‘ra Sulaymon
To‘ra Sulaymon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2022
Obuna bo‘lish
Shoir yashab ijod qilgan uy - muzeyga aylantiriladi. Undan tashqari adib tahsil olgan maktabga uning nomi beriladi.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Sirdaryoda To‘ra Sulaymon uy-muzeyi tashkil etiladi. Sirdaryo viloyati hokimligi Sputnik muxbiriga xabar qilvishicha, uy-muzeyi hovlisida shoirning haykalini o‘rnatish ham rejalashtirilgan.
To‘ra Sulaymon uy-muzeyini tashkil etish Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasida nazarda tutilgan. Muzey shoir yashab ijod qilgan Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, “Turg‘un Ahmedov” MFY, Baxmal ko‘chasi 7-uyda joylashadi. Muzey hududida binoni rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha binolar qurish va atrofini obodonlashtirish ishlarini olib borish belgilangan.
Uy-muzeyga aylantiriladigan binoda shoirning mulk huquqi asosida istiqomat qiluvchi qarindoshlarini belgilangan tartibda uy-joy bilan ta’minlash ham nazarda tutilmoqda.
Undan tashqari, qarorga ko‘ra, eshbu hududda joylashgan 19-sonli umumta’lim maktabiga To‘ra Sulaymon nomini berish ham kutilmoqda.
Muzeyni 31-dekabrga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, To‘ra Sulaymon 1932-yiliJizzax viloyatida tug‘ilgan. U Toshkent Davlat universitetining filologiya va jurnalistika (sirtdan) fakultetlarini bitirgan. Avval viloyat gazetalarida, umrining oxirigacha esa adabiy maslahatchi bo‘lib ishlagan. To‘ra Sulaymonning yigirmadan ortiq she’riy to‘plamlari nashr etilgan. "Ergash Jumanbulbul el kezadi" turkumidagi dostonlari shoirning so‘nggi yillarda chop etilgan asarlaridan biri bo‘ldi.
To‘ra Sulaymonning "Gul bir yon chaman bir yon" (Abdurauf Olimov), Iltijo (Sherali Jo‘rayev), "Umr o‘tmoqdadir" (Faxriddin Umarov) kabi she’rlari xalq sevib tinglaydigan qo‘shiqlarga aylangan.
Yangiliklar lentasi
0