https://sputniknews-uz.com/20220511/zaxarova-litva-seymining-rossiyaga-oid-qarorini-ekstremistik-deb-atadi-24472555.html
Zaxarova Litva seymining Rossiyaga oid qarorini ekstremistik deb atadi
Zaxarova Litva seymining Rossiyaga oid qarorini ekstremistik deb atadi
Rossiya TIV rasmiy vakili: Litva tomonidan Rossiyani “terrorchi mamlakat” deb tan olish – ekstremistik qaror. 11.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-11T12:31+0500
2022-05-11T12:31+0500
2022-05-11T12:31+0500
rossiya
mariya zaxarova
litva
rossiya
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/0c/23931443_0:202:3072:1930_1920x0_80_0_0_d5fd5cb196f68db3673e49205844bed2.jpg
TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Litva seymining Rossiyaning goʻyoki terrorchilik faoliyati toʻgʻrisidagi rezolyutsiyasi ekstremistik qarordir. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova maʼlum qildi.Shuningdek, diplomat Litvaning bu qaroriga provokatsiyaga qaragandek qarash lozimligini qoʻshimcha qildi, zero “Ukrainadagi gʻoyat murakkab vaziyatni tartibga solish istagiga” buning hech qanday aloqasi yoʻq. Litva NATOga aʼzo va ilgari hech qachon alyansning xatti-harakatlaridan xavotir bildirmagan, na Yugoslaviyadagi bombardimonlarda, na Iroqdagi urush paytidagi.Avvalroq Rossiya Federatsiya Kengashi Xalqaro ishlar qoʻmitasi raisi birinchi oʻrinbosari Vladimir Jabarov Litva seymining Rossiyani “terrorchi mamlakat” deb atash toʻgʻrisidagi qarori ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning uzilishiga olib kelishi mumkinligini maʼlum qilgan edi.
rossiya
litva
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/0c/23931443_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_9e74179e508db228b1d8e18464b8923c.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
mariya zaxarova, litva, rossiya
Zaxarova Litva seymining Rossiyaga oid qarorini ekstremistik deb atadi
Rossiya TIV rasmiy vakili: Litva tomonidan Rossiyani “terrorchi mamlakat” deb tan olish – ekstremistik qaror.
TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Litva seymining Rossiyaning goʻyoki terrorchilik faoliyati toʻgʻrisidagi rezolyutsiyasi ekstremistik qarordir. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova maʼlum qildi.
“Shunga oʻxshash... hujjatlar, deklaratsiyalar, bayonotlar qabul qilinayotgan mamlakatlarda umuman olganda ekstremistik qadam tashlashmoqda, ularni boshqacha atab boʻlmaydi... Barcha bu mamlakatlar NATOga aʼzo. Soʻnggi oʻn yillar davomida biz koʻplab insoniy qurbonlarga olib kelgan NATOning gʻayriqonuniy, tajovuzkor xatti-harakatlarini bir necha marta koʻrdik”, - dedi Zaxarova
Sputnik radiosi efirida.
Shuningdek, diplomat Litvaning bu qaroriga provokatsiyaga qaragandek qarash lozimligini qoʻshimcha qildi, zero “Ukrainadagi gʻoyat murakkab vaziyatni tartibga solish istagiga” buning hech qanday aloqasi yoʻq. Litva NATOga aʼzo va ilgari hech qachon alyansning xatti-harakatlaridan xavotir bildirmagan, na Yugoslaviyadagi bombardimonlarda, na Iroqdagi urush paytidagi.
Avvalroq Rossiya Federatsiya Kengashi Xalqaro ishlar qoʻmitasi raisi birinchi oʻrinbosari Vladimir Jabarov Litva seymining Rossiyani “terrorchi mamlakat” deb atash toʻgʻrisidagi qarori ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning uzilishiga olib kelishi mumkinligini
maʼlum qilgan edi.