Kolumnistlar

Ukraina artilleriyachilari Donbassda nimalar uyushtirgan

© AP Photo / Vadim GhirdaUkrainskiye voyennoslujaщiye v Buche, 2 aprelya 2022.
Ukrainskiye voyennoslujaщiye v Buche, 2 aprelya 2022. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Soʻnggi kunlarda ukrain artilleriyachilari Donbass shaharlarini tez-tez oʻqqa tutyapti.
Stvolli qurollardan ham, reaktiv tizimlardan ham oʻq otyapti. Tinch aholi, hatto bolalar orasida halok boʻlganlar, jarohatlanganlar bor. “Katta Donbass qozoni”ning tutashuvchi qancha yaqin boʻlsa, Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) shunchalar vahshiylashmoqda. Urush maydonlarida nimalar boʻlyapti - RIA Novosti materialida.

Terror taktikasi

UQK chorshanba kuni erta tongdan DXRni oʻqqa tuta boshladi. Avvaliga Donetsk shimolidagi Yasinovataya hujumga uchradi. Shaharga oʻndan ortiq “Grad” zalp hujumi reaktiv tizimi (RSZO) raketalari uchirildi. Keyin - Aleksandrovka qishlogʻiga 122 mm kalibrlik artilleriya hujumi. Soʻngra Mixaylovka va Panteylemonovkadagi bir nechta uylar snaryadlardan vayron boʻldi. Tushki vaqtga kelib Makeyevka va Donetsk - Kuybishevskiy va Petrovskiy tumanlari ham zarbalarga uchradi.
Yaqinda UQK DXR poytaxtiga kassetali oʻq-dorilar bilan zarba berdi. Ikki nafar mahalliy aholi halok boʻldi, yana besh kishi, shuningdek, toʻqqiz yoshli bola ogʻir yaralandi. Ukraina artilleriyachilari hech qanday harbiy obʼyekt boʻlmagan Kirov tumanidagi “Merkuriy” bozoriga zarba berdi. Bu yana bir bor Kiyevning terror taktikasini qoʻllayotganini, tinch aholini imkon qadar qoʻrqitishga harakat qilayotganini isbotlaydi.
DXR hukumatining Oʻt ochishni toʻxtatishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish birlashgan markazi (STSKK) maʼlumotlariga koʻra, 84 kunlik eskalatsiya davomida respublikada 110 nafar tinch aholi, xususan, toʻrt nafar bola halok boʻlgan. 499 kishi jarohatlangan, ulardan 31 nafari bolalar. Bu Mariupoldagi qurbonlarsiz koʻrsatkich - u yerda hisoblash jarayonlari hali tugamadi. Donetsk rasmiylariga koʻra, tinch aholi qurbonlarining aksariyatiga asosan Ukraina artilleriyachilari javobgar.
Ukraina harbiylari qochqinlar karvonini oʻqqa tutdi - video
“Ayniqsa, Avdeyevkada oʻtirgan 25-alohida havo-desant brigadasi artilleriyasi va Donetsk gʻarbidagi Peski qishlogʻida joylashgan 56-alohida motopiyoda brigadasi bizni tashvishlantiradi”, - deydi DXR armiyasining Klim chaqiruvch ismli ofitseri RIA Novosti muxbiriga. - “Toʻgʻridan- toʻgʻri hujum qila olmaymiz - UQK bu hududlarda sakkiz yil davomida kuchaygan. Qurollar oʻqqa tutilgandan soʻng panaga sudrab ketishadi, shuning uchun ularni batareyaga qarshi olov bilan yopish juda qiyin. Biroq, ular yoʻqotishlarga duch kelyapti. Qolaversa, Rossiya aviatsiyasi bizga katta yordam beryapti”.

Gʻarb artilleriyasi

Haqiqatdan ham, Rossiya Harbiy kosmik kuchlari Ukraina Qurolli Kuchlarining artilleriyasini jiddiy zarba bergan. Mudofaa vazirligining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, 24 fevraldan buyon aviatsiya 1455 ta qurol va 360 ta RSZO moslamalarini yoʻq qilgan. Bundan tashqari, Ukraina Qurolli kuchlarida snaryadlarning keskin tanqisligini kuzatilmoqda: koʻplab oʻq-dori omborlari yuqori aniqlikdagi qurollardan muvaffaqiyatli oʻqqa tutilgan, baʼzilari, masalan, Balakleyadagi mamlakatning eng yirik arsenali Rossiya armiyasi nazoratiga oʻtgan.
Biroq, Gʻarb NATO andozasidagi artilleriya tizimlari va ularga oʻq-dorilar yetkazib berishni oshiryapti. Shunday qilib, amerikaliklar 90 ga yaqin M777 155 millimetrli gaubitsalarni allaqachon UQK ga topshirdi. 300 dan ortiq ukrainalik askarlarni qurilmalarni boshqarishga oʻrgatdi. Kanada va Avstraliya ham xuddi shunday uskunani joʻnatmoqchi. Germaniya va Niderlandiya Kiyevga dunyodagi eng yaxshilaridan sanalgan 12 ta PZH-2000 oʻziyurar artilleriya tizimini beradi. Italiya esa zaxirasidan M109 oʻziyurar qurollari bilan boʻlishmoqchi.
"Azovstal"dan chiqqan ayol nomiga uyushtirilgan "evakuatsiya" haqida aytib berdi
Artilleriya tizimlari NATO mamlakatlari zaxiralarida boʻlgan 155 millimetrli oʻq-dorilarning butun diapazonini oʻqqa tutishga qodir. M982 Excalibur boshqariladigan raketalari katta xavf tugʻdiradi. Gʻarbda ishlab chiqarilgan gaubitsalar ularni atigi toʻrt metrli dumaloq ehtimoliy ogʻish bilan 57 kilometrgacha uloqtirishadi. Buklanadigan aerodinamik konsollar tufayli raketa ballistik trayektoriyaning eng yuqori nuqtasidan nishonni rejalashtiradi. Yuqori aniqlikni sputnik boshqaruv tizimi taʼminlaydi.
Biroq, Ukraina Qurolli Kuchlarining bunday snaryadlardan koʻp olishi amri mahol. Chunki bu hatto NATO qarichi boʻyicha ham, juda qimmat oʻyinchoq: bitta oʻq 70 ming dollar turadi. Ammo oddiy yuqori portlovchi parchalanadigan oʻq-dorilar bilan ham, bu gaubitsalar 30 kilometr masofaga zarba beradi. Shunday ekan Rossiyaning zamonaviy 152 mm.lik “Msta-S” oʻziyurar qurollarinining imkoniyatlari uniki bilan teng.

Mojaroning alanga olishi

Dushanba kuni AQSH prezidenti Jo Bayden Ukraina uchun “lend-liz” toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi. Kongressning ikkala palatasi tomonidan maʼqullangan hujjat Kiyevga harbiy yordamni soddalashtiradi, shuningdek, Vashington ulashishga tayyor boʻlgan texnika va texnologiyalar doirasini kengaytiradi. Shunga qaramay, koʻplab mutaxassislar buni tarozi pallasining UQK foydasiga tortishiga yordam bermasligini atmoqda.
“Lend-liz” toʻgʻrisidagi qonun mojaro natijasiga taʼsir qilmaydi, biroq uning davomiyligiga taʼsir qiladi, - deydi Rossiya xalqaro ishlar kengashi eksperti Proxor Tebin. - Bayden maʼmuriyati, umuman Gʻarb dunyosiga oʻz pozitsiyalarini mustahkamlash va Rossiyani zaiflashtirish maqsadida vaqtni choʻzish foydali. Ukrainaga harbiy yordamni kuchaytirish aynan shu maqsadga xizmat qiladi: Kiyev Gʻarb davlatlarining yordamidan foydalanaverib, ularga yanada koʻproq qaram boʻlib qoladi”.
Boshqa tomondan esa - Moskva ham Gʻarb qurollarining sharqqa cheksiz oqayotganiga qarab turmoqchi emas. Rossiya Harbiy kosmik kuchlari allaqachon Ukraina temir yoʻllarining tortish podstantsiyalariga yuqori aniqlikdagi zarbalar berib, aloqa liniyalarining uzun qismlarini yaroqsiz holga keltirgan. Bundan tashqari, strategik ahamiyatga ega koʻpriklarni buzish choralari koʻrilyapti. Albatta, yetkazib berishning toʻliq oldini olish mumkin emas, lekin ajal yetaklovchi temirning katta ulushi manzilga yetib bormasligi aniq.
Ukraina qurolli kuchlari Donetskdagi bozorni oʻqqa tutdi, qurbonlar bor
Yangiliklar lentasi
0