Afg‘oniston Rossiyadan gaz va neft sotib olmoqchi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishRabota neftanix stankov - kachalok
Rabota neftanix stankov - kachalok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2022
Obuna bo‘lish
Muvaqqat ishlar vakili Jamol Nosir Garval: Afg‘oniston Rossiyadan gaz va neft sotib olmoqchi.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Afg‘onistonning Moskvadagi muvaqqat ishlar vakili Jamol Nosir Garvalning aytishicha, mamlakat Rossiyadan gaz va neft sotib olish bo‘yicha aniq shartnomalar imzolamoqchi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Garvalga ko‘ra, ayni damda Moskva va Kobul o‘rtasida biznes sohasida muzokaralar olib borilmoqda. Afg‘oniston tomoni iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishni xohlaydi.
“Muayan sohalarga kelsak, biz yoqilg‘i, gaz sotib olishdan manfaatdormiz, bu birinchi navbatda bizning mamlakatimizga kerak. Shuning uchun Afg‘oniston va Rossiya o‘rtasida kelishuvlarga erishish va aniq shartnomalarni imzolashga qat’iy qaror qildik”, deydi diplomat.
“Tolibon” (*terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida) tomonidan tayinlangan Jamol Nosir Garval aprel oyida, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi unga rasmiy akkreditatsiya berganidan keyin Moskvada ish boshlagan.
Yangiliklar lentasi
0