https://sputniknews-uz.com/20220513/janubiy-osetiya-rossiyaga-qoshilish-uchun-referendum-sanasini-belgiladi-24543736.html
Janubiy Osetiya Rossiyaga qoʻshilish uchun referendum sanasini belgiladi
Janubiy Osetiya Rossiyaga qoʻshilish uchun referendum sanasini belgiladi
Moskva 2008 yil 26 avgustda Janubiy Osetiya mustaqilligini tan olgan edi. Bundan oldin Rossiya armiyasi ushbu respublika hududidan Gruziya qoʻshinlarini quvib... 13.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-13T23:29+0500
2022-05-13T23:29+0500
2022-05-13T23:32+0500
dunyoda
rossiya
referendum
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/297/52/2975291_0:113:6016:3497_1920x0_80_0_0_9d29d5bbb609e0f2097f46ceaf7ea469.jpg
TOSHKENT, 13 may - Sputnik. Janubiy Osetiyaning amaldagi prezidenti Anatoliy Bibilov respublikaning Rossiya tarkibiga qoʻshilishi masalasi boʻyicha referendumni 17 iyulga belgiladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Prezident saytida eʼlon qilingan xabarda taʼkidlanishicha, davlat rahbari ushbu qarorni Janubiy Osetiya xalqining Rossiya bilan birlashishga boʻlgan tarixiy istagidan kelib chiqqan holda va Janubiy Osetiya konstitutsiyasining 50-moddasi 16-bandiga muvofiq qabul qilgan. May oyida boʻlib oʻtgan saylovlarda gʻalaba qozongan prezident Alan Gagloyevning inauguratsiyasi 21 maydan keyin boʻlib oʻtadi. Avvalroq u “vaqt kelishi bilan Janubiy Osetiya Rossiya Federatsiyasiga qoʻshilish boʻyicha referendum oʻtkazishga tayyor boʻlishini” maʼlum qilgandi. Eslatib oʻtamiz, Moskva 2008 yil 26 avgustda Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqilligini tan oldi. Oʻsha oy boshida Rossiya Janubiy Osetiyani Tbilisi hukmronligiga qaytarishga uringan Gruziya armiyasidan himoyaga keldi. Oʻshandan beri Rossiya rahbariyati har ikki respublikaning tan olinishi hukmron voqelikni aks ettiradi va qayta koʻrib chiqilishi shart emasligini bir necha bor taʼkidlagan.
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/297/52/2975291_341:0:5696:4016_1920x0_80_0_0_4a04726b3ab23f10ea516c16e5589d5f.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rossiya, referendum
Janubiy Osetiya Rossiyaga qoʻshilish uchun referendum sanasini belgiladi
23:29 13.05.2022 (yangilandi: 23:32 13.05.2022) Moskva 2008 yil 26 avgustda Janubiy Osetiya mustaqilligini tan olgan edi. Bundan oldin Rossiya armiyasi ushbu respublika hududidan Gruziya qoʻshinlarini quvib chiqargan edi.
TOSHKENT, 13 may - Sputnik. Janubiy Osetiyaning amaldagi prezidenti Anatoliy Bibilov respublikaning Rossiya tarkibiga qoʻshilishi masalasi boʻyicha referendumni 17 iyulga belgiladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Prezident saytida eʼlon qilingan xabarda taʼkidlanishicha, davlat rahbari ushbu qarorni Janubiy Osetiya xalqining Rossiya bilan birlashishga boʻlgan tarixiy istagidan kelib chiqqan holda va Janubiy Osetiya konstitutsiyasining 50-moddasi 16-bandiga muvofiq qabul qilgan.
“Janubiy Osetiya Respublikasi va Rossiyaning birlashishini qoʻllab-quvvatlaysizmi?” degan savol boʻyicha Janubiy Osetiya Respublikasi referendumi tayinlansin. Referendum oʻtkazish sanasini 2022 yil 17 iyulga belgilansin”, — deyiladi farmonda.
May oyida boʻlib oʻtgan saylovlarda gʻalaba qozongan prezident Alan Gagloyevning inauguratsiyasi 21 maydan keyin boʻlib oʻtadi. Avvalroq u “vaqt kelishi bilan Janubiy Osetiya Rossiya Federatsiyasiga qoʻshilish boʻyicha referendum oʻtkazishga tayyor boʻlishini” maʼlum qilgandi.
Eslatib oʻtamiz, Moskva 2008 yil 26 avgustda Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqilligini tan oldi. Oʻsha oy boshida Rossiya Janubiy Osetiyani Tbilisi hukmronligiga qaytarishga uringan Gruziya armiyasidan himoyaga keldi. Oʻshandan beri Rossiya rahbariyati har ikki respublikaning tan olinishi hukmron voqelikni aks ettiradi va qayta koʻrib chiqilishi shart emasligini bir necha bor taʼkidlagan.