O‘zbekiston Rossiyadan qancha balik import qilgani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Pavel Lvov / Mediabankka o‘tishRibnaya yarmarka v Murmanske
Ribnaya yarmarka v Murmanske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga yanvar-mart oylarida Rossiyadan 980 tonna baliq va dengiz mahsulotlari import qilindi.
TOShKENT, 13may — Sputnik. O‘zbekistonga yanvar-mart oylarida Rossiyadan 980 tonna baliq va dengiz mahsulotlariimport qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
O‘zbekistonga 3 oyda umumiy hisobda 2,2 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlari import qilingan. Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga 21 ta xorijiy davlatdan qiymati 3,7 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,2 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlari olib keldi.
Baliqvadengizmahsulotlariimportio‘tganyilningmosdavribilansolishtirilganda 752 tonnagaoshgan.
Engko‘pbaliq va dengizmahsulotlari import qilgandavlatlar:
Rossiya – 980 tonna
Vyetnam – 541 tonna
Litva – 254,3 tonna
Qozog‘iston – 250,4 tonna
Norvegiya – 117 tonna
Latviya – 19,5 tonna
Fransiya – 1,9 tonna
Ma’lumot uchun, turli mamlakatlarda baliq va dengiz mahsulotlarining iste’mol darajasi o‘rtasida farqlar bor.
Xitoy baliqning eng katta iste’molchisi hisoblanadi. U erda har bir kishiga 31,9 kg baliq to‘g‘ri keladi. Oxirgi o‘rinni aholi jon boshiga 9,1 kg baliq bilan Afrika mamlakatlari egallaydi.
Yangiliklar lentasi
0