Sport

Osiyo kubogi-2023 Xitoyda oʻtkazilmaydigan boʻldi

© Press-slujba AFUKubok Azii po futbolu
Kubok Azii po futbolu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Xitoy koronavirus tufayli futbol boʻyicha 2023 yilgi Osiyo kubogi musobaqasini oʻtkazishdan bosh tortdi
TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Xitoy epidemiologik vaziyat sababli futbol boʻyicha 2023 yilgi Osiyo kubogi musobaqasini qabul qilmaydi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi maʼlum qildi.
24 jamoa ishtirokidagi qitʼa birinchiligi 2023 yilning 16 iyundan 16 iyuliga qadar Xitoyning 10 ta shahrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi.
“Osiyo futbol konfederatsiyasi Xitoyni ushbu turnirni oʻtkazish huquqidan voz kechishga majbur qilgan COVID-19 pandemiyasi holatini eʼtirof etadi”, — deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, har toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladigan bu musobaqa mezboni kim boʻlishi yaqin vaqt ichida eʼlon qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, 2023 yilgi Osiyo kubogi 3-saralash bosqichida Oʻzbekiston terma jamoasi C guruhidan oʻrin olgan. “Oq boʻrilar” oʻz yurishlarini 8 iyun kuni Shri-Lanka jamoasiga qarshi boshlashadi. 11 iyun kuni Maldiv orollariga bilan kuch sinashsa, 14 iyunda Tailandga qarshi maydonga tushishadi.
3-saralash bosqichida har bir guruh gʻolibi va eng yaxshi koʻrsatkichga ega beshta ikkinchi oʻrin sohibi Osiyo kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi.
Yangiliklar lentasi
0