Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabiga joʻnab ketdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev otbыl v Buxaru
Shavkat Mirziyoyev otbыl v Buxaru - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Davlat rahbari BAA prezidenti Shayx Xalifa ibn Zoid Ol Nahayon vafoti munosabati bilan taʼziya marosimida ishtirok etadi.
TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 may kuni Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) joʻnab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari 13 may kuni uzoq davom etgan xastalikdan soʻng vafot etgan BAA prezidenti Shayx Xalifa ibn Zoid Ol Nahayon vafoti munosabati bilan taʼziya marosimida ishtirok etadi.
Tashrif doirasida kuni kecha BAA Oliy kengashi tomonidan mamlakat prezidenti etib saylangan Abu Dabi amiri Shayx Muhammad ibn Zoid Ol Nahayon bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazish ham rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0