Jamiyat

Davlat tashkilotlarida kadr siyosatini baholashda reyting joriy qilinadi

Jenщina s papkoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Reyting baholari formula orqali 100 ballgacha asosiy va 20 ballgacha qoʻshimcha ballari asosida aniqlanadi.
TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Endilikda vazirlik va idoralarda kadr siyosatini baholash boʻyicha reyting joriy qilinadi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmatining Sputnik muxbiriga maʼlum qilishicha, baholash 10 ta indikatordan iborat va u har 6 oyda eʼlon qilib boriladi.
Yangi tartib uchun xorijiy tajribasi va 15 dan ortiq vazirlik va idoralar mutaxassislari ishtirokida oʻrganishlar olib borilgan. Natijada 10 ta asosiy va qoʻshimcha indikatorli reyting tizimi yaratildi. Reyting ham baholovchi tashkilot, ham baholanayotgan subʼyekt tashkilot bilan birgalikda ishlab chiqildi.
Baholash jarayonida davlat idoralaridagi vakantsiyalarning toʻldirilishi va muddatlarga rioya qilinishi, xodimlarning qoʻnimsizlik darajasi hamda ish muhiti hisobga olinadi.
Asosiy indikatorlar:
davlat tashkilotidagi vakansiyalar darajasi;
vakant lavozimlarning yopilish muddati;
davlat tashkilotidagi qoʻnimsizlik darajasi;
inson kapitalini rivojlantirish koeffitsiyenti;
xodimlarning yuqori malaka darajasi koʻrsatkichi (fan nomzodi, falfasa doktori, fan doktori);
xalqaro eʼtirof etilgan reyting beruvchi tashkilotlarning yuqori 500 talik roʻyxatiga kiritilgan xorijiy OTMlarni tamomlagan xodimlar soni;
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish darajasi.
Maʼlumotlarni oʻz vaqtida va xatosiz taqdim etganlik boʻyicha, umumiy xodimlardagi xotin-qizlar ulushi, umumiy xodimlardagi yoshlar ulushi qoʻshimcha indikatorlar sanaladi.
Reyting baholari formula orqali 100 ballgacha asosiy va 20 ballgacha qoʻshimcha ballari asosida aniqlanadi:
- “Aʼlo” daraja — 81 balldan 100 ballgacha;
- “Yaxshi” daraja — 71 balldan 80 ballgacha;
- “Qoniqarli” daraja — 55 balldan 70 ballgacha;
- “Qoniqarsiz” daraja — 54 ballgacha.
Baholashdagi indikatorlar koʻrsatkichlari “Davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot-tahlil tizimi” dasturiy-apparat kompleksi orqali aniqlanadi.
Yangiliklar lentasi
0