https://oz.sputniknews-uz.com/20220516/maktab-tamiri-uchun-ota-onalar-pul-tolamaydi---xtv--24591620.html
Maktab taʼmiri uchun ota-onalar pul toʻlamaydi - XTV
Maktab taʼmiri uchun ota-onalar pul toʻlamaydi - XTV
Maktablarda noqonuniy pul yigʻilayotgan boʻlsa bu haqda vazirlikning 71 202-09-09 ishonch telefon raqamiga xabar berish mumkin.
2022-05-16T19:12+0500
2022-05-16T19:12+0500
2022-05-16T19:12+0500
jamiyat
xalq taʼlimi vazirligi (xtv)
maktab
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1153/16/11531616_0:158:3077:1889_1920x0_80_0_0_1cc455dee437313b32f747e5eb1dbd96.jpg
TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Maktablarni yangi oʻquv yiliga tayyorlash va infratuzilmasini yaxshilashga ota-onalardan majburiy pul yigʻimlariga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday ishlarga mahalliy hokimliklar masʼul. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi (XTV) maʼlum qildi.Aytilishicha, vazirlikka ota-onalardan maktab taʼmiri uchun pul yigʻilayotganligi yuzasidan koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda.Shuningdek, vazirlik maktab rahbarlaridan majburiy pul yigʻish holatlarini oldini olishni soʻramoqda.Maktablarda noqonuniy pul yigʻilayotgan boʻlsa bu haqda vazirlikning 71 202-09-09 ishonch telefon raqamiga xabar berish mumkin.Maktablarga begʻaraz homiylik qilish istagida boʻlgan fuqarolar buni qonuniy yoʻl bilan, yaʼni xomiylik mablagʻlarini maktabning hisob raqamiga oʻtkazgan holda rasmiylashtirishlari mumkin.Maʼlumot uchun, hozirgi kunda maktablarda Kuzatuv kengashlari faoliyat yuritmoqda. Kuzatuv kengashiga oʻquvchilarning ota-onalari, sobiq bitiruvchilar, oʻqituvchi va boshqalar saylanishi mumkin. Kuzatuv kengashi aʼzolari byudjetdan hamda qoʻshimcha ishlab topilgan mablagʻlarni samarali va maqsadli sarflanishini nazorat qilish vakolatiga ega.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1153/16/11531616_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_e793798042f2c4b0fe15a112303e8847.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
xalq taʼlimi vazirligi (xtv), maktab
Maktab taʼmiri uchun ota-onalar pul toʻlamaydi - XTV
Vazirlik maktablardagi har qanday majburiy yigʻimlar noqonuniy hisoblanishini eslatgan.
TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Maktablarni yangi oʻquv yiliga tayyorlash va infratuzilmasini yaxshilashga ota-onalardan majburiy pul yigʻimlariga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday ishlarga mahalliy hokimliklar masʼul. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi (XTV)
maʼlum qildi. Aytilishicha, vazirlikka ota-onalardan maktab taʼmiri uchun pul yigʻilayotganligi yuzasidan koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda.
“Qonunchilikda umumiy taʼlim olish bepul ekanligi kafolatlanganini inobatga olib, maktablardagi har qanday majburiy yigʻimlar noqonuniy hisoblanadi”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, vazirlik maktab rahbarlaridan majburiy pul yigʻish holatlarini oldini olishni soʻramoqda.
Maktablarda noqonuniy pul yigʻilayotgan boʻlsa bu haqda vazirlikning 71 202-09-09 ishonch telefon raqamiga xabar berish mumkin.
Maktablarga begʻaraz homiylik qilish istagida boʻlgan fuqarolar buni qonuniy yoʻl bilan, yaʼni xomiylik mablagʻlarini maktabning hisob raqamiga oʻtkazgan holda rasmiylashtirishlari mumkin.
Maʼlumot uchun, hozirgi kunda maktablarda Kuzatuv kengashlari faoliyat yuritmoqda. Kuzatuv kengashiga oʻquvchilarning ota-onalari, sobiq bitiruvchilar, oʻqituvchi va boshqalar saylanishi mumkin. Kuzatuv kengashi aʼzolari byudjetdan hamda qoʻshimcha ishlab topilgan mablagʻlarni samarali va maqsadli sarflanishini nazorat qilish vakolatiga ega.