Jamiyat

Oʻzbekistonga meʼda saratonini davolovchi rossiyalik jarrohlar keldi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Fotobankka oʻtishMedsestra stavit kapelnitsu patsiyentu
Medsestra stavit kapelnitsu patsiyentu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Meʼda va koloproktologiya saratoni boʻyicha yetakchi mutaxassislar murakkab jarrohlik amaliyotlarini laparoskopik usulda olib bormoqda.
TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Shu kunlarda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallarida Rossiyalik professorlar ishtirokida murakkab jarrohlik amaliyotlari olib borilmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Rossiyalik jarrohlar meʼda va koloproktologiya saratoni boʻyicha yetakchi mutaxassis hisoblanadi. Ular ishtirokida murakkab jarrohlik amaliyotlari laparoskopik usulda oʻtkazilmoqda.
“Oʻzbekistonga jarrohlar jamoasi bilan keldik. Avval Xorazda boʻldik va saratonga chalingan bemorlarni tekshiruvdan oʻtkazdik. Umuman olganda tajriba almashib, mahorat darslarida qatnashmoqdamiz”, - deydi rossiyalik shifokor Artyom Goncharov.
Ayni paytda markazda kuniga 2 tadan 10 tagacha laparoskopik usulida operatsiya qilinmoqda.
Shuningdek, rossiyalik mutahassislar joylardagi mahalliy shifokorlar uchun mahorat darslari ham olib bormoqda.
Maʼlumot uchun, laparoskopik usuldagi operatsiyalar bemorning qorin boʻshligʻini kesmasdan amalga oshiriladi.
Ochiq holda qilingan operatsiya jarohati yiringlashi, shuningdek, operatsiyadan keyingi ogʻriq sindromi kuchliroq boʻlishi mumkin. Laparoskopik jarrohlik amaliyotidan soʻng bu ogʻriqlar bemorda koʻzatilmaydi.Oʻzlashtirilgan yangi usul bemorning tez tiklanib, ijtimoiy faoliyatga qaytishini osonlashtiradi.
Yangiliklar lentasi
0