https://sputniknews-uz.com/20220516/xodimlarning-psixologik-portreti-rossiya-metodi-asosida-shakllantiriladi-24581128.html
Xodimlarning psixologik portreti Rossiya metodi asosida shakllantiriladi
Xodimlarning psixologik portreti Rossiya metodi asosida shakllantiriladi
Davlat xizmatchilari oʻrtasida oʻtkazilgan test natijalari asosida 1 100 ta koʻnikmalar pasporti va 8 350 ta psixologik portret shakllantirildi. 16.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-16T14:10+0500
2022-05-16T14:10+0500
2022-05-16T14:10+0500
jamiyat
oʻzbekiston
rossiya
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0c/0f/21795958_0:99:1880:1157_1920x0_80_0_0_412fa4eed747da5407a2985fbbbe8d26.jpg
TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Endilikda Oʻzbekiston davlat xizmatchilarini baholash Rossiya tajribasi asosida amalga oshiriladi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabar berdi.Agentlik davlat fuqarolik xizmati tizimini toʻlaqonli psixologik va ijtimoiy tadqiqot xizmati bilan taʼminlashni rejalashtirmoqda.Hozirda xalqaro miqyosida keng foydalanilayotgan davlat xizmatchilarini baholaydigan Assessment markazi tizimi boʻyicha Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi Xalq xoʻjaligi va davlat xizmati akademiyasi (RANXiGS) qoshidagiDavlat boshqaruvi oliy maktabining Rahbar kadrlarni baholash va rivojlantirish fakulteti tajribasi Oʻzbekiston sharoitiga moslashtirilmoqda.Ushbu testlar agentlikning elektron portaliga integratsiya qilinmoqda.Davlat xizmatchilari “Davlat xizmatchilarini sinovdan oʻtkazish moduli” (test.argos.uz) elektron axborot tizimi orqali jami 130 mingdan ziyod psixologik test topshirishgan.Ular oʻrtasida oʻtkazilgan test natijalari asosida 1 100 ta koʻnikmalar pasporti va 8 350 ta psixologik portret shakllantirildi.
oʻzbekiston
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0c/0f/21795958_104:0:1777:1255_1920x0_80_0_0_5891d514bc6a322c56876b0bcdf294bb.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oʻzbekiston, rossiya
Xodimlarning psixologik portreti Rossiya metodi asosida shakllantiriladi
Davlat xizmatchilari oʻrtasida oʻtkazilgan test natijalari asosida 1 100 ta koʻnikmalar pasporti va 8 350 ta psixologik portret shakllantirildi.
TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Endilikda Oʻzbekiston davlat xizmatchilarini baholash Rossiya tajribasi asosida amalga oshiriladi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
xabar berdi. Agentlik davlat fuqarolik xizmati tizimini toʻlaqonli psixologik va ijtimoiy tadqiqot xizmati bilan taʼminlashni rejalashtirmoqda.
Hozirda xalqaro miqyosida keng foydalanilayotgan davlat xizmatchilarini baholaydigan Assessment markazi tizimi boʻyicha Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi Xalq xoʻjaligi va davlat xizmati akademiyasi (RANXiGS) qoshidagiDavlat boshqaruvi oliy maktabining Rahbar kadrlarni baholash va rivojlantirish fakulteti tajribasi Oʻzbekiston sharoitiga moslashtirilmoqda.
“Davlat fuqarolik xizmatchilarining kompetentsiyalarini baholashga oid xorijiy metodikalarni raqamlashtirish boʻyicha ishlar olib borildi. Bunda, 4 ta test (Vanderlikning qisqa saralash, Gilfordning Sotsial intellektni tadqiq etish, Yershovning Rahbarning yoʻnalganlik turini aniqlash va Ravenning Progressiv matritsalar testlari) oʻzbek tiliga tarjima qilinib, moslashtirildi”, - deydi agentlik boshqarma boshligʻi Jasur Mahmudov.
Ushbu testlar agentlikning elektron portaliga integratsiya qilinmoqda.
Davlat xizmatchilari “Davlat xizmatchilarini sinovdan oʻtkazish moduli” (test.argos.uz) elektron axborot tizimi orqali jami 130 mingdan ziyod psixologik test topshirishgan.
Ular oʻrtasida oʻtkazilgan test natijalari asosida 1 100 ta koʻnikmalar pasporti va 8 350 ta psixologik portret shakllantirildi.