Finlyandiya va Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lsa Rossiya qanday chora ko‘radi?

© AFP 2023 / ROBERT VANDEN BRUGGEDark clouds hang over NATO members' flags outside the alliance's headquarters in Brussels, 12 October. The NATO allies were poised today to vote a critical "activation order" to attack Yugoslavia, as US envoy Richard Holbrooke pressed 11th-hour talks in Belgrade with a recalcitrant President Slobodan Milosevic to avert war in the Balkans.
Dark clouds hang over NATO members' flags outside the alliance's headquarters in Brussels, 12 October. The NATO allies were poised today to vote a critical activation order to attack Yugoslavia, as US envoy Richard Holbrooke pressed 11th-hour talks in Belgrade with a recalcitrant President Slobodan Milosevic to avert war in the Balkans.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2022
Obuna bo‘lish
Alyans kengayishining haqiqiy natijasi Shimoliy Yevropa mamlakatlari xavfsizligining sezilarli darajada kamayishi bo‘ladi, deb hisoblaydi Sputnik harbiy sharhlovchisi Aleksandr Xrolenko.
Finlyandiya va Shvetsiya hisobiga NATOning Sharqqa kengayishi- Rossiya xavfsizligiga yangi tahdid. Moskva bunga javoban Kaliningraddan Murmanskgacha, Boltiq dengizidan Barensgacha bo‘lgan hududga yangi harbiy tuzilmalar va yuqori texnologiyali zarba (yadroviy) qurollarini joylashtirish orqali javob berishga majbur.
Finlyandiya va Shvetsiya uzoq vaqtdan buyon NATO bilan yaqindan hamkorlik qilib kelgan. Va bugun ular AQSh manfaatlariga davlat betarafligi va suvereniteti qoldiqlarini qurbon qilishga tayyor. Xelsinki va Stokgolmda tegishli qarorlar qabul qilingan va amalga oshirilish bosqichida.
Alyans mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari 15-may kuni Berlinda yangi a’zolarni qabul qilish masalasini muhokama qilishdi va kutilayotgan “tarixiy” voqeani ijobiy baholashdi. Madridda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida yanada xavfli va raqobat muhitiga moslashish bo‘yicha yangi Strategik konsepsiya va reja qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, alyans 2020-yilning dekabridan buyon Rossiyani rasman o‘zining dushmani va 2030-yilgacha asosiy harbiy tahdid sifatida biladi. Qayerga va nima uchun a’zo bo‘lishayotgani hammaga tushunarli.
Finlyandiya va Shvetsiyaning Shimoliy Atlantika alyansiga kirishi Rossiyaga shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda harbiy tahdidlar doirasini sezilarli darajada kengaytiradi. Potensial operatsiyalar teatri yoki Boltiqbo‘yidan Barens dengizigacha bo‘lgan 2000 kilometrlik front quruqlikdagi kuchlar, Rossiya dengiz floti va Harbiy kosmik kuchlarining yangi tuzilmalari va bo‘linmalari, yuqori texnologiyali zarba qurollari, gipertovushli raketa komplekslari va havo mudofaasiga qarshi tizimlarning zichlanishi bilan to‘ldirilishi kerak.
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Rabkovning bugun Rossiya Federatsiyasi Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishini qabul qilmasligini xabar qilgani bejiz emas. Bu kengayish “uzoq oqibatlarga olib keladigan xato”.
Ehtimol Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi aniq harbiy-texnik qarshi choralar allaqachondan ishlab chiqilyapti. Javob tezligi va jiddiyligi mintaqadagi vaziyatning rivojlanishiga bog‘liq. Bir narsa aniq - Moskva hech kimga Rossiya chegaralari yaqinida harbiy tahdidlar yaratishga yo‘l qo‘ymaydi.
Avvalroq Rossiyaning BMTdagi vakili o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy yadroviy derjavaga tahdid solayotgan davlatlarga “barcha variantlarni hisobga olishi kerakligini” eslatib o‘tgan edi. Yadroviy kengayish ehtimoli istisno qilinmaydi.

Harbiy kengayish

Rossiya Federatsiyasining kompensatsiya choralari ko‘lamini anglash uchun alyans “yangi a’zolari”ning jangovar salohiyatini ko‘rib chiqamiz.
Global Firepower harbiy kuchlari reytingida Finlandiya 142 ta mamlakat orasida 53-o‘rinni egallagan - Belarusiyadan bir pog‘ona past. 5,6 million aholi va 23 000 kishilik armiyaga ega neytral davlat uchun yaxshi ko‘rsatkich (safarbarlik salohiyati - 900 000 kishi).
Quruqlikdagi kuchlar 200 ta tank, 2000 dan ortiq boshqa zirhli texnika, 777 ta artilleriya va 46 ta raketa o‘rnatmalari bilan qurollangan.
Finlyandiya havo kuchlarining asosini 55 ta zarba beruvchi samolyot va 20 ta vertolot tashkil etadi.
Harbiy-dengiz flotida sakkizta patrul kateri va 18 ta tral texnikalari bor.
Yaqinda Xelsinki AQShdan 64 ta F-35A qiruvchi samolyoti va muhim mobil va statsionar nishonlarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan 120 ta AGM-158 JASSM (370 km gacha masofaga) yuqori aniqlikdagi havodan yerga qanotli raketalarini buyurtma qildi.
Fin matbuoti G‘arb ommaviy axborot vositalariga tayanib NATOning Bolqon, Afg‘oniston va Iroqdagi operatsiyalarida Finlyandiyaning alohida roli, Yevropadagi eng yaxshi fin artilleriyachilari, uchuvchilari va kibermutaxassislari haqida hikoya qiladi. Go‘yoki, Finlyandiyada Germaniyadan ko‘ra tank ko‘proq. Bu harbiylashtirish manfaati uchun to‘qilgan oshkora yolg‘on.
Shvetsiya harbiy qudrati bo‘yicha dunyoda 25-o‘rinda (Polsha va Janubiy Afrika o‘rtasida). Har qanday holatda ham juda ishonchli betaraflik. Shvedlar finlardan ikki baravar ko‘p (10,3 million kishi), ammo Shvetsiya armiyasi ancha kichik - 16 ming “shtik”.
Odam kam, temir ko‘p. Quruqlikdagi kuchlar 120 ta tank, 3370 ta boshqa zirhli texnika, 192 ta artilleriya va 140 ta raketa o‘rnatmalari bilan qurollangan. Shvetsiya havo kuchlari - 70 ta zarba beruvchi samolyot va 50 dan ortiq vertolotga ega. Stokgolm faxri 7 ta korvet, 5 ta suv osti kemasi, 170 ta patrul kateri va tral texnikasidan iborat harbiy -dengiz flotidir.
Natijani umumlashtiramiz. Finlyandiya va Shvetsiya timsolda Rossiyaga dushman bo‘lgan NATO bloki 39 ming harbiy xizmatchi, 320 tank, 1000 dan ortiq artilleriya o‘rnatmalari, 125 ta jangovar samolyot va 70 vertolotga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bu ularga Yevropaning shimolidagi foydali strategik pozitsiyalarni beradi (uzunligi 1000 km dan ortiq quruqlikdagi Rossiya-Finlyandiya chegarasi).
“Yanga a’zolar” NATOga kirish bosqichlaridan o‘tayotgan bir paytda, katta hamkorlar (ayniqsa, britaniyaliklar) “ittifoqqa qo‘shilishdan oldin Shvetsiya va Finlyandiya xavfsizligini ta’minlash” maqsadida Boltiqbo‘yi mintaqasida harbiy ishtirokini oshirapti. Ammo mintaqada obyektiv tahdidlar yo‘q.
Amerikaning Wilson Center tadqiqot markazi tomonidan 2021-yilda o‘tkazilgan so‘rovnoma shuni ko‘rsatdiki, finlarning taxminan 26% alyansga qo‘shilish tarafdori, 40% esa qarshi. Ilgari Finlyandiya jamiyati “o‘n yillab” a’zolik masalasida aniq qaror qabul qila olmagan edi.
Shvetsiyada shunga o‘xshash 2022-yilgi so‘rovnomada odamlarning 42% rozi va 37% qarshi chiqdi.
Shimoliy Yevropaning neytral davlatlarini Rossiyaga qarshi harbiy blokka mas’uliyatsiz jalb qilish xavfsizlikka emas, balki AQSh va NATOning yaqinlashib kelayotgan tajovuzkorligi - oxirgi Fin va Shvetsiyaga urushga xizmat qiladi.
Bugungi Ukraina - neytral davlatda o‘z hududi ittifoq kuchlari tomonidan o‘zlashtirilganidan keyin sodir bo‘lgan halokatli o‘zgarishlarning yorqin namunasi.
Ayni paytda Polshaga Rossiyaning Kaliningrad viloyatini demilitarizatsiya qilishni yana bir marta taklif qilishapti.
Yaqinda NATOga qo‘shilgan davlatlar - front chizig‘i davlatlari - amerikalik xo‘jayinlariga sodiq xizmat qilishga intilyapti va shuning uchun ular Rossiyaga nisbatan eng tajovuzkor.
Yevropa uchun juda xavfli tendensiya, Finlyandiya va Shvetsiya uchun tuzoq.
Shimoliy Atlantika ittifoqi huquqqa va hatto qurollanish sohasida texnologik ustunlikka ega bo‘lmasdan dunyoni beqarorlashtirapti. Birinchi bo‘lib hujumga “kichik ittifoqchilar” qo‘yiladi. AQSh boshchiligidagi kollektiv G‘arb Rossiya va Xitoy bilan global harbiy mojaro tomon yo‘l oldi.
Va shunga qaramay, dunyodagi sog‘lom kuchlar kuchayib borapti, Yevropa va NATO mamlakatlari esa davlatlararo qarama-qarshiliklar, Kiyev rejimiga bema’ni qurol yetkazib berish va Rossiyaga qarshi o‘z joniga qasd qilishdek o‘ziga xatarli bo‘lgan sanksiyalari tufayli zaiflashishda davom etapti.
Yangiliklar lentasi
0