https://sputniknews-uz.com/20220517/kuban-sanoatchilari-ozbekiston-bilan-shartnoma-imzoladi-24609449.html
Kuban sanoatchilari Oʻzbekiston bilan shartnoma imzoladi
Kuban sanoatchilari Oʻzbekiston bilan shartnoma imzoladi
Krasnodar oʻlkasi ishlab chiqaruvchilari Oʻzbekistonga qadoqlash, oziq-ovqat, qozon va energetika uskunalari hamda avtokimyo mahsulotlarini yetkazib beradi. 17.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-17T13:27+0500
2022-05-17T13:27+0500
2022-05-17T13:27+0500
iqtisod
rossiya
oʻzbekiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/04/0a/18259451_0:75:800:525_1920x0_80_0_0_456a7771368555d212812e33be148a42.jpg
TOSHKENT, 16 may - Sputnik. Kuban sanoat ishlab chiqaruvchilari Oʻzbekiston bilan 20 million rubllik shartnomalar imzoladi. Hozirda tadbirkorlar yana 400 million rubllik kelishuvlar boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Krasnodar oʻlkasi maʼmuriyati xabar berdi. “Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan “ Innoprom. Markaziy Osiyo 2022” koʻrgazmasida Krasnodar oʻlkasi sanoatchilari 20 million rubldan ortiq shartnomalar imzoladi. Ular yana 19 kompaniya bilan qiymati 400 million rublga yaqin Kuban mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda”, deyiladi xabarda.Tuzilgan shartnomalar doirasida Krasnodar oʻlkasi ishlab chiqaruvchilari Oʻzbekistonga qadoqlash, oziq-ovqat, qozon va energetika uskunalari hamda avtokimyo mahsulotlarini yetkazib beradi.Eslatib oʻtamiz, koʻrgazma 25-27 aprel kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtdi. Unda Rossiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Belarus, Armaniston va Yevropaning bir qator davlatlaridan kelgan tadbirkorlar oʻz mahsulotlarini namoyish etdi. Koʻrgazmada Krasnodar oʻlkasidan 13 ta sanoat korxonasi namoyish etildi. Avvalroq, Kuban hukumati Kubanning 100 dan ortiq yengil sanoat korxonalari, jumladan kiyim-kechak, poyabzal, toʻqimachilik, charm va charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, shuningdek, 200 dan ortiq mebel sanoati korxonalari oʻzbek ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekani haqida xabar bergan edik.Qayd etish kerak, Rossiya Oʻzbekistonning yetakchi sarmoyaviy hamkori boʻlib qolmoqda. Xususan, Rossiyaning 84 subʼyekti respublika korxonalari bilan hamkorlik qiladi. Ularning eng faollari Moskva shahri, Ryazan, Novosibirsk, Nijniy Novgorod va Leningrad viloyatlari, shuningdek, Boshqirdiston va Tatariston Respublikalaridir.Yaqinda Astraxan va Samara viloyatlari hokimiyati ham Oʻzbekiston bilan mintaqaviy hamkorlikni muhokama qilgan.
rossiya
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/04/0a/18259451_0:0:800:600_1920x0_80_0_0_c779349896c4ac4b1c016a049ce527a2.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rossiya, oʻzbekiston
Kuban sanoatchilari Oʻzbekiston bilan shartnoma imzoladi
Krasnodar oʻlkasi ishlab chiqaruvchilari Oʻzbekistonga qadoqlash, oziq-ovqat, qozon va energetika uskunalari hamda avtokimyo mahsulotlarini yetkazib beradi.
TOSHKENT, 16 may - Sputnik. Kuban sanoat ishlab chiqaruvchilari Oʻzbekiston bilan 20 million rubllik shartnomalar imzoladi. Hozirda tadbirkorlar yana 400 million rubllik kelishuvlar boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Krasnodar oʻlkasi maʼmuriyati
xabar berdi.
“Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan “ Innoprom. Markaziy Osiyo 2022” koʻrgazmasida Krasnodar oʻlkasi sanoatchilari 20 million rubldan ortiq shartnomalar imzoladi. Ular yana 19 kompaniya bilan qiymati 400 million rublga yaqin Kuban mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda”, deyiladi xabarda.
Tuzilgan shartnomalar doirasida Krasnodar oʻlkasi ishlab chiqaruvchilari Oʻzbekistonga qadoqlash, oziq-ovqat, qozon va energetika uskunalari hamda avtokimyo mahsulotlarini yetkazib beradi.
Eslatib oʻtamiz, koʻrgazma 25-27 aprel kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtdi. Unda Rossiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Belarus, Armaniston va Yevropaning bir qator davlatlaridan kelgan tadbirkorlar oʻz mahsulotlarini namoyish etdi. Koʻrgazmada Krasnodar oʻlkasidan 13 ta sanoat korxonasi namoyish etildi.
Avvalroq, Kuban hukumati Kubanning 100 dan ortiq yengil sanoat korxonalari, jumladan kiyim-kechak, poyabzal, toʻqimachilik, charm va charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, shuningdek, 200 dan ortiq mebel sanoati korxonalari oʻzbek ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekani haqida xabar bergan edik.
Qayd etish kerak, Rossiya Oʻzbekistonning yetakchi sarmoyaviy hamkori boʻlib qolmoqda. Xususan, Rossiyaning 84 subʼyekti respublika korxonalari bilan hamkorlik qiladi. Ularning eng faollari Moskva shahri, Ryazan, Novosibirsk, Nijniy Novgorod va Leningrad viloyatlari, shuningdek, Boshqirdiston va Tatariston Respublikalaridir.
Yaqinda Astraxan va Samara viloyatlari hokimiyati ham Oʻzbekiston bilan mintaqaviy hamkorlikni muhokama qilgan.