Infografika

Markaziy Osiyo - Rossiyaning imtiyozli hamkori

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya - Markaziy Osiyo hamkorligi ikki tomonlama xarakterga ega: bir tomondan mehnat migrantlari Rossiya YAIMining 8 %ini yaratayotgan boʻlsa, ikkinchi tomondan RF - mintaqadagi eng yirik investor boʻlmoqda.
Markaziy Osiyo - Rossiya uchun imtiyozli hamkor hisoblanadi, dedi Valday klubining “Rossiya – Markaziy Osiyo: beqarorlik sharoitida hamkorlik va taraqqiyot” mavzusidagi anjumanda Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Andrey Rudenko.
"Rossiya uchun bu mintaqa alohida ahamiyatga ega. Bu tabiiy qoʻshni, imtiyozli hamkor", - dedi u va bu maqomga umumiy tarix, chuqur madaniy va gumanitar aloqalar yordam bermoqda. Mustaqillik yillarida Markaziy Osiyo davlatlari duch kelgan barcha qiyinchilik va sinovlarga qaramay, mintaqa “barqarorlik vohasi” boʻlib qolmoqda, dedi Rudenko.
"Bu yil biz mintaqa davlatlari bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligini nishonlamoqdamiz. Bu davlatlar uzoq yoʻlni bosib oʻtdi va amalda nafaqat mustaqil suveren davlatlar, balki umumiy manfaatlari, vazifalari boʻlgan yagona mintaqa sifatida ham shakllandi, - dedi Andrey Rudenko.
Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, quyidagi raqamlar mustahkam hamkorlikdan dalolat beradi: Markaziy Osiyo davlatlarining 4 milliondan ortiq fuqarosi Rossiyada doimiy asosda istiqomat qiladi.
Bu hamkorlik ikki tomonlama xarakterga ega, deya aniqlik kiritadi Andrey Rudenko: Bir tomondan mehnat migrantlarining Rossiya yalpi ichki mahsulotining qariyb 8 foizini yaratayotgan boʻlsa, ikkinchi tomondan Rossiya Federatsiyasi, mintaqadagi eng yirik investor hisoblanadi. 2010 yildan 2021 yilgacha Rossiyaning MO hududiga kiritgan investitsiyalari hajmi 30,5 milliard dollarni tashkil etdi.
Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlarining oʻzaro savdo aloqalari aylanmasi 2021 yilda 37 milliard dollarni tashkil qildi.
Batafsil infografikamizda tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0