https://oz.sputniknews-uz.com/20220517/ozbekiston-rossiyada-islom-talimiga-bagishlangan-ilmiy-anjumanda-ishtirok-etadi-24602602.html
Oʻzbekiston Rossiyada islom taʼlimiga bagʻishlangan ilmiy anjumanda ishtirok etadi
Oʻzbekiston Rossiyada islom taʼlimiga bagʻishlangan ilmiy anjumanda ishtirok etadi
Ushbu forum volgaboʻyi Bulgʻoriyasining islom dinini qabul qilganligining 1100 yilligiga bagʻishlangan boʻlib, unda dunyoning 14ta mamlakatidan 200 dan ortiq kishi... 17.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-17T10:40+0500
2022-05-17T10:40+0500
2022-05-17T11:04+0500
rossiya
oʻzbekiston
islom dini
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/11/24603473_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_fda828fb395efd8af24f6a43b723f89b.jpg
TOSHKENT, 16 may - Sputnik. Dushanba kuni Tatariston Respublikasi Bulgʻor Islom akademiyasida (BIA) Rossiya islom taʼlimini oʻrganish va qayta tiklashga bagʻishlangan xalqaro taʼlim forumlar tsikli boshlanadi, deb xabar berdi RIA Novosti agentligiga BIA rektori vazifasini bajaruvchi Aynur Timerxanov.Uning soʻzlariga koʻra forum doirasida uchta konferentsiya boʻlib oʻtadi: “Ilmiy-amaliy konferentsiya doirasida forumlarning turli boʻlimlarida davra suhbatlari oʻtkazish, dunyoda islom taʼlimining muammolari va yechimlarini muhokama qilish rejalashtirilgan”, — deya qoʻshimcha qildi Timerxonov.Uning qayd etishicha, forumda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Belarus, Jazoir, Misr, Iordaniya, Hindiston, Indoneziya, Eron, Marokash, Pokiston, Suriya, Turkiya va boshqa davlatlar vakillari ishtirok etadi.Boʻlajak forum doirasida inqilobdan oldingi Rossiyaning taniqli musulmon dinshunoslari va din arboblari galereyasi ochiladi, shuningdek, anʼanaga koʻra, Bulgʻor Islom akademiyasining yangi ilmiy ishlari taqdimoti boʻlib oʻtadi."Forum Volgaboʻyi Bulgʻoriyasining islom dinini qabul qilganligining 1100 yilligiga bagʻishlangan. Tadbir Bulgʻor Islom akademiyasi tomonidan Islom madaniyati, fan va taʼlimini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi koʻmagida tashkil etilgan. Unda 200 dan ortiq kishi qatnashadi”, - deb soʻzini yakunladi Timerxanov.Maʼlumot uchun, Rossiyaning Tatariston oʻlkasidagi Bulgʻor Islom akademiyasi (BIA) 2017 yilda ochilgan. Bulgʻor islom akademiyasi - islom dini boʻyicha oliy taʼlim beruvchi muassasa hisoblanadi. Akademiya oʻquv korpuslari va yotoqxona hamda uning yonida joylashgan Oq Masjiddan iborat. Bugungi kunda BIAda 200ga yaqin talaba va doktorantlar taʼlim olmoqda.
rossiya
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/11/24603473_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_35726127efba7d37af10a734b12bfb85.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oʻzbekiston, islom dini
Oʻzbekiston Rossiyada islom taʼlimiga bagʻishlangan ilmiy anjumanda ishtirok etadi
10:40 17.05.2022 (yangilandi: 11:04 17.05.2022) Ushbu forum volgaboʻyi Bulgʻoriyasining islom dinini qabul qilganligining 1100 yilligiga bagʻishlangan boʻlib, unda dunyoning 14ta mamlakatidan 200 dan ortiq kishi qatnashadi.
TOSHKENT, 16 may - Sputnik. Dushanba kuni Tatariston Respublikasi Bulgʻor Islom akademiyasida (BIA) Rossiya islom taʼlimini oʻrganish va qayta tiklashga bagʻishlangan xalqaro taʼlim forumlar tsikli boshlanadi, deb xabar berdi RIA Novosti agentligiga BIA rektori vazifasini bajaruvchi Aynur Timerxanov.
Uning soʻzlariga koʻra forum doirasida uchta konferentsiya boʻlib oʻtadi:
16-17 may kunlari "VI Bulgʻor oʻqishlari ”Rossiya musulmonlarining islom tarixiy-madaniy merosi umuminsoniy qadriyatlar tizimida”;
19 mayda esa “V oʻqishlar SH.Marjdani "Zamonaviy chaqiriq va tahdidlar sharoitida fatvochilik institutlari oʻrni va faoliyati";
21 may kuni Forum doirasida “Zamonaviy dunyoda islom taʼlimi: muammolar, tendentsiyalar va imkoniyatlar” xalqaro sammiti.
Timerxanov aytishiga koʻra, forumda turli mamlakatlar islom universitetlari rahbarlari, teologlar, ekspertlar, sharqshunos olimlar ishtirokida Rossiya musulmon diniy merosini qayta tiklash masalalari, islom yozma merosini oʻrganish va asrab-avaylash hamda soʻfiylikning turkiy xalqlar tarixi va madaniyatidagi oʻrni kabi masalalar muhokama qilinadi.
“Ilmiy-amaliy konferentsiya doirasida forumlarning turli boʻlimlarida davra suhbatlari oʻtkazish, dunyoda islom taʼlimining muammolari va yechimlarini muhokama qilish rejalashtirilgan”, — deya qoʻshimcha qildi Timerxonov.
Uning qayd etishicha, forumda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Belarus, Jazoir, Misr, Iordaniya, Hindiston, Indoneziya, Eron, Marokash, Pokiston, Suriya, Turkiya va boshqa davlatlar vakillari ishtirok etadi.
Boʻlajak forum doirasida inqilobdan oldingi Rossiyaning taniqli musulmon dinshunoslari va din arboblari galereyasi ochiladi, shuningdek, anʼanaga koʻra, Bulgʻor Islom akademiyasining yangi ilmiy ishlari taqdimoti boʻlib oʻtadi.
"Forum Volgaboʻyi Bulgʻoriyasining islom dinini qabul qilganligining 1100 yilligiga bagʻishlangan. Tadbir Bulgʻor Islom akademiyasi tomonidan Islom madaniyati, fan va taʼlimini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi koʻmagida tashkil etilgan. Unda 200 dan ortiq kishi qatnashadi”, - deb soʻzini yakunladi Timerxanov.
Maʼlumot uchun, Rossiyaning Tatariston oʻlkasidagi Bulgʻor Islom akademiyasi (BIA) 2017 yilda ochilgan. Bulgʻor islom akademiyasi - islom dini boʻyicha oliy taʼlim beruvchi muassasa hisoblanadi. Akademiya oʻquv korpuslari va yotoqxona hamda uning yonida joylashgan Oq Masjiddan iborat. Bugungi kunda BIAda 200ga yaqin talaba va doktorantlar taʼlim olmoqda.