Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Qaysi ichimliklar suyaklarni shikastlantiradi?

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishChashka kofe.
Chashka kofe. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Parhezshunos: sut, qahva va gazli ichimliklar suyaklarni shikastlantirishi mumkin
Shifokor-parhezshunos, tibbiyot fanlari doktori Margarita Korolyova suyaklarga zarar yetkazuvchi ichimliklarni aytdi.
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, koʻp sut isteʼmol qilish suyaklar salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Sut tarkibidagi nordon komponentlar organizmdan foydali moddalarni yuvib chiqaradi. Shu sababli isteʼmol qilinadigan sut va sabzavotlar miqdorini muvozanatlashtirish kerak. Sabzavotlardagi ozuqaviy tolalar tanada kaltsiyni “ushlab turadi”.

“Ishqoriy ekvivalentligi teng boʻlmagan nordon oziq-ovqatlarni koʻp isteʼmol qilish atsidozga olib keladi. Bu organizmning pH- muhitining oʻzgarishi deyiladi. Bunda organizm qanday boʻlmasin ishqoriy komponentlarni muvozanatlaydigan sharoitlarni yaratadi. Shu bilan organizm suyak massalaridan foydali ishqoriy minerallarni tortib oladi. Bu esa suyuklarni zaiflashtiradi”, - deydi Korolyova.

Koʻpchilik sevib isteʼmol qiladigan qahva ichimligi ham kaltsiy, magniy va boshqa bir qator foydali mineral moddalarni hazm qilinishiga salbiy taʼsir qiladi. Shuning uchun parhezshunoslar uni ovqatdan ancha oldin yoki keyin isteʼmol qilishni tavsiya qiladi. Xususan, qahva organizmni suvsizlantiradi. Shuning uchun undan keyin kamida bir stakan suv ichish lozim.
Mutaxassisning taʼkidlashicha, suyaklarni gazli ichimliklar ham shikastlantiradi. Gazli ichimliklarni koʻp isteʼmol qilish osteoporoz kasalligiga olib keladi. Chunki bunday ichimliklarda ortofosfor kislota mavjud. Bu kislota shuningdek, oshqozon-ichak traktiga va tishlarga ham jiddiy zarar yetkazadi. Bundan tashqari, hatto kam miqdordagi gazli ichimliklar ham buyraklar faoliyatiga putur yetkazishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0