Jamiyat

Qrim-Kongo isitmasidan tuzalganlarning qon plazmasi banki yaratiladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishBank plazmы v otdelenii perelivaniya krovi Gorodskoy klinicheskoy bolnitsы №52 v Moskve.
Bank plazmы v otdelenii perelivaniya krovi Gorodskoy klinicheskoy bolnitsы №52 v Moskve.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Donorlarning qon plazmasi banklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi tegishli muassasalarda tashkil qilinadi.
TOSHKENT, 17 may — Sputnik. 1 iyuldan boshlab Oʻzbekistonda Qrim-Kongo isitmasidan tuzalganlarning qon plazmasi banki yaratiladi. Bu haqda prezident tomonidan 16 mayda imzolagan qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga koʻra, Donorlarning qon plazmasi banklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi tegishli muassasalarda tashkil qilinadi.
Aholi gepatit “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvdan oʻtkaziladi
Maʼlumot uchun, Qrim – Kongo gemorragik isitma kasalligi dastlab 1944 yilda Qrimda, 1956 yilda esa Kongo davlatida bir guruh odamlarda uchragan.
Kasallik odamlarga asosan mayda shoxli va yirik shoxli qoramollardagi kanalarni terish, ularni junini olish yoki choʻl hududlarida ularni boqish jarayonida kana chaqishi orqali yuqadi.
© AFP 2022 / SHWAN NAWZADYirik shoxli qoramollarni dezinfektsiya qilish
Chlen veterinarnoy brigadы oprыskivayet skot i volyerы fermы dezinfitsiruyuщim sredstvom v severnom irakskom gorode Kirkuk 7 maya 2022 goda, na sleduyuщiy den posle registratsii pervoy smerti ot krыmsko-kongolezskoy gemorragicheskoy lixoradki, poskolku sluchai rasprostraneniya virusa na sever stranы. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2022
Yirik shoxli qoramollarni dezinfektsiya qilish
Virus ajratgan moddalar natijasida odam qonining ivishi izdan chiqadi natijada burun va boshqa tabiiy teshiklardan qon ketishi kuzatiladi.
Kasallik ogʻir kechadi va oʻz vaqtida yordam koʻrsatilmasa oqibati noxush tugashi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0