https://sputniknews-uz.com/20220517/uralvagonzavod-t-90m-eng-yangi-tanklarini-qoshinlarga-jonatdi--24608315.html
"Uralvagonzavod" T-90M eng yangi tanklarini qoʻshinlarga joʻnatdi - video
"Uralvagonzavod" T-90M eng yangi tanklarini qoʻshinlarga joʻnatdi - video
T-90Mning asosiy xususiyatlaridan biri - real vaqt rejimida boshqa mashinalar bilan axborot almashish va oʻt ochishni avtomatik boshqarish tizimidir. 17.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-17T13:09+0500
2022-05-17T13:09+0500
2022-05-17T17:14+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya
mudofaa vazirligi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/11/24618961_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_301b51ab9f64b8f61cdab9a99bd1bbbe.jpg
TOSHKENT, 17 may - Sputnik. "Uralvagonzavod" qoʻshinlarga eng yangi T-90M "Prorыv" tanklaridan eshelon yubordi, deb xabar qilmoqda, kompaniya matbuot xizmati. UVZ taʼkidlashicha, Mudofaa vazirligi buyurtmasi doirasida qoʻshinlarga yangi va T-90M "Proriv" tanklari darajasigacha modernizatsiya qilingan tanklarni yetkazib bergan. “Korxonada ushbu zamonaviy zirhli avtomashinalarni tayyorlash va seriyali ishlab chiqarishni oʻzlashtirish jarayoni toʻliq yakunlandi, malaka sinovlarining ijobiy natijalari olindi”, — deya qoʻshimcha qildi matbuot xizmati. Tanklarni topshirish marosimida korxona rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi. Tayyorgarlikning yakuniy bosqichida harbiy xizmatchilarga hurmat va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tank quruvchilari va bolalarining rasmlari va xatlari, shuningdek, pravoslav ikonalari transport vositalariga joylashtirildi.Maʼlumot uchun, T-90M tanki Ural transport muhandisligi konstruktorlik byurosi tomonidan ishlab chiqilgan. Ishlab chiqaruvchining taʼkidlashicha, bu T-90 oilasidagi eng ilgʻor mashina. Tank zamonaviy jangovar sharoitdagi harakatlarga yaxshi moslashtirilgan. T-90M ning asosiy xususiyatlaridan biri - real vaqt rejimida boshqa mashinalar bilan axborot almashish va oʻt ochishni avtomatik boshqarish tizimiga ega.Undan tashqari tank mutlaq yangi bashnya va 1130 ot kuchisha ega boʻlgan yangi dvigatelga ega. Uning toʻpi 125mm boʻlib, eng zamonaviy snaryadlar va boshqariluvchi raketalardan foydalanish imkonini beradi. Yangi koʻp kanalli nishonga olish tizimi quroldan tunu-kun har qanday ob-havo sharoitida foydalanish imkonini beradi. Tank toʻpi 5 km masofada joylashgan raqibni nishonga olish imkonini beradi. Rossiya Qurolli kuchlari ixtiyoriga T-90 tanklarining dastlabki partiyasi 2020 yilning bahorida yetkazib berilgan edi.
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Otpravka s zavoda i manevrы na poligone noveyshix tankov T-90M "Prorыv"
Noveyshiye tanki T-90M "Prorыv" - kadrы otpravki s Uralvagonzavoda v Minoboronы i manevrov na poligone
2022-05-17T13:09+0500
true
PT1M03S
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/11/24618961_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_4e869b05fad3596e90c3162b3a2af7ea.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rossiya, mudofaa vazirligi, video
"Uralvagonzavod" T-90M eng yangi tanklarini qoʻshinlarga joʻnatdi - video
13:09 17.05.2022 (yangilandi: 17:14 17.05.2022) T-90Mning asosiy xususiyatlaridan biri - real vaqt rejimida boshqa mashinalar bilan axborot almashish va oʻt ochishni avtomatik boshqarish tizimidir.
TOSHKENT, 17 may - Sputnik. "Uralvagonzavod" qoʻshinlarga eng yangi T-90M "Prorыv" tanklaridan eshelon yubordi, deb xabar qilmoqda, kompaniya matbuot xizmati.
"Uralvagonzavod"da Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligiga T-90M "Prorыv" tanklari ortilgan poyezdini tantanali ravishda joʻnatish marosimi boʻlib oʻtdi”, — deyiladi xabarda.
UVZ taʼkidlashicha, Mudofaa vazirligi buyurtmasi doirasida qoʻshinlarga yangi va T-90M "Proriv" tanklari darajasigacha modernizatsiya qilingan tanklarni yetkazib bergan.
“Korxonada ushbu zamonaviy zirhli avtomashinalarni tayyorlash va seriyali ishlab chiqarishni oʻzlashtirish jarayoni toʻliq yakunlandi, malaka sinovlarining ijobiy natijalari olindi”, — deya qoʻshimcha qildi matbuot xizmati.
Tanklarni topshirish marosimida korxona rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi. Tayyorgarlikning yakuniy bosqichida harbiy xizmatchilarga hurmat va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tank quruvchilari va bolalarining rasmlari va xatlari, shuningdek, pravoslav ikonalari transport vositalariga joylashtirildi.
Maʼlumot uchun, T-90M tanki Ural transport muhandisligi konstruktorlik byurosi tomonidan ishlab chiqilgan. Ishlab chiqaruvchining taʼkidlashicha, bu T-90 oilasidagi eng ilgʻor mashina. Tank zamonaviy jangovar sharoitdagi harakatlarga yaxshi moslashtirilgan. T-90M ning asosiy xususiyatlaridan biri - real vaqt rejimida boshqa mashinalar bilan axborot almashish va oʻt ochishni avtomatik boshqarish tizimiga ega.
Undan tashqari tank mutlaq yangi bashnya va 1130 ot kuchisha ega boʻlgan yangi dvigatelga ega. Uning toʻpi 125mm boʻlib, eng zamonaviy snaryadlar va boshqariluvchi raketalardan foydalanish imkonini beradi. Yangi koʻp kanalli nishonga olish tizimi quroldan tunu-kun har qanday ob-havo sharoitida foydalanish imkonini beradi. Tank toʻpi 5 km masofada joylashgan raqibni nishonga olish imkonini beradi.
Rossiya Qurolli kuchlari ixtiyoriga T-90 tanklarining dastlabki partiyasi 2020 yilning bahorida yetkazib berilgan edi.