Jamiyat

Prezident Vladimir Jonibekovni “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotladi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishLyotchik-kosmonavt SSSR, dvajdы Geroy Sovetskogo Soyuza, general-mayor aviatsii Vladimir Djanibekov
Lyotchik-kosmonavt SSSR, dvajdы Geroy Sovetskogo Soyuza, general-mayor aviatsii Vladimir Djanibekov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistondan chiqqan birinchi fazogir samoga 5 marta parvoz qilgan. Samoda Jonibekov deb nomlangan 3170-sonli kichik sayyora bor.
TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev farmoniga koʻra, Vladimir Jonibekov “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotladi.
Kosmonavt 13 may kuni 80 yoshni qarshi oldi. Yubiley sana munosabati bilan Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov kosmonavtning Moskva viloyatidagi xonadoniga tashrif buyurdi.
Elchi Oʻzbekiston prezidentining tabrik maktubini oʻqib eshittirdi va Vladimir Jonibekovga “Doʻstlik” ordenini topshirdi.
Vladimir Jonibekov Oʻzbekistonda istiqomat qiluvchi barcha millat va elat vakillari oʻrtasidagi doʻstlik, oʻzaro anglashuv va hamjihatlikni mustahkamlash, Oʻzbekiston xalqining boshqa mamlakatlar xalqlari bilan doʻstligi va har tomonlama hamkorligini rivojlantirishdagi ulkan yutuqlari uchun taqdirlandi.
Jonibekov Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Iskandar qishlogʻida tugʻilgan. 1965 yilda Yeysk uchuvchilar oliy harbiy aviatsiya maktabini (VVAUL) “uchuvchi-muhandis” mutaxassisligi boʻyicha imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
U 1978 yili Oleg Makarov bilan birgalikda “Salyut-6” orbital stantsiyasiga (OS) birinchi tashrif buyuruvchi ekspeditsiya komandiri sifatida ilk kosmik parvozini amalga oshirgan.
© Sputnik / Aleksandr MokletsovLetchik-kosmonavt Vladimir Djanibekov (v tsentre) dayet intervyu posle uspeshnogo zaversheniya poleta.
Letchik-kosmonavt Vladimir Djanibekov (v tsentre) dayet intervyu posle uspeshnogo zaversheniya poleta. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2022
Letchik-kosmonavt Vladimir Djanibekov (v tsentre) dayet intervyu posle uspeshnogo zaversheniya poleta.
Kosmonavt samoga 5 marta parvoz qilgan va u yerda umumiy hisobda 145 sutka 15 soat 58 daqiqa davomida tadqiqotlarni olib borgan.
Eng tajribali kosmonavt Vladimir Jonibekov aviatsiya general-mayori, Sovet ittifoqining ikki karra qahramoni.
© Sputnik / RIA Novosti / Fotobankka oʻtishKosmonavt V. Djanibekov v otkrыtom kosmose
Kosmonavt V. Djanibekov v otkrыtom kosmose - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.05.2022
Kosmonavt V. Djanibekov v otkrыtom kosmose
Samoda Jonibekov deb ataladigan 3170-sonli kichik sayyora bor. Toshkentda kosmonavtning bronzali byusti oʻrnatilgan.
Kosmonavt Oʻzbekiston, Rossiya, Qozogʻiston, AQSH, Moʻgʻulistonning faxriy fuqarosi hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0