Dunyoda

Erdogʻan: Turkiya Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qoʻshilishini maʼqullamaydi

© POOL / Fotobankka oʻtishPrezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan vыstupayet na rossiysko-ukrainskix peregovorax vo dvortse Dolmabaxche v Stambule.
Prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan vыstupayet na rossiysko-ukrainskix peregovorax vo dvortse Dolmabaxche v Stambule.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Turkiya prezidenti bu mamlakatlar vakillarini Anqaraga ularning NATOga kirishini qoʻllashga koʻndirish uchun kelishga ovora boʻlmaslikka chaqirgan.
TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan yana bir bor Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qoʻshilishini qoʻllab-quvvatlamasligini tasdiqladi, chunki ular Anqara soʻroviga binoan terrorizmda gumonlanayotgan shaxslarni topshirmagan.
“Biz 30 nafar terrorchilarni topshirishni soʻradik, bizga ularni berishadi. Siz bizga terrorchilarni topshirmaysiz, biroq shu bilan birga NATOga aʼzolikda masalasida koʻmak kutasiz”, - dedi Erdogʻan oʻzi rahbarlik qilayotgan “Adolat va taraqqiyot” partiyasining parlamentdagi majlisida nutq soʻzlayotib.
Turkiya prezidenti Shvetsiya va Finlyandiya vakillarini Anqaraga ularning NATOga kirishini qoʻllashga koʻndirish uchun kelishga ovora boʻlmaslikka chaqirgan.
Rejep Tayyip Erdogʻan 16 may kuni Finlyandiya va Shvetsiyaning bu mamlakatlarning Anqara terrorchi deb hisoblaydigan Kurdiston ishchi partiyasi faoliyatiga aloqador shaxslarni berishdan bosh tortgani sabab NATOga kirishiga qarshi ekanini maʼlum qilgan edi.
Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishi Rossiyaga harakat erkinligini beradi - Zaxarova
15 may kuni Finlyandiya NATOga qoʻshilishga qaror qilganini rasman eʼlon qildi. Uning ortidan Shvetsiya ham shunday qarorga kelganini maʼlum qildi. Shu bilan birga, Shvetsiya agar uning arizasi maʼqullansa, u oʻz hududida yadro quroli va harbiy bazalarni joylashtirishga qarshi chiqishini bildirgan.
Finlyandiya va Shvetsiya NATOga aʼzo boʻlsa Rossiya qanday chora koʻradi?
Yangiliklar lentasi
0