Sport

Oʻzbekistonlik kikbokschilar Jahon kubogida 33 ta medalni qoʻlga kiritishdi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Turkiyadagi kikboks boʻyicha Jahon kubogida oʻzbekistonlik sportchilar umumjamoa hisobida 11-oʻrinni egallashdi.
TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Turkiyaning Istanbul shahrida kikboks boʻyicha 7-xalqaro Jahon kubogi musobaqasi oʻtkazildi. Unda oʻzbekistonlik sportchilar umumjamoa hisobida 11-oʻrinni egallashdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oʻzbekiston jamoasi 8 ta oltin, 13 ta kumush, 12 ta bronza, jami 33 ta medalga sazovor boʻlishgan.
Turkiya jamoasi 782 ta medal bilan medal bilan (171 ta oltin, 227 ta kumush va 384 ta bronza) birinchi oʻrinni egallagan. Keyingi oʻrinlarda Qozogʻiston – 102 ta (34/22/46) va Vengriya — 36 ta medal (17/10/9) bilan joylashgan.
© Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi
Oʻzbekistonlik kikbokschilar Jahon kubogida 33 ta medalni qoʻlga kiritishdi - Sputnik Oʻzbekiston
1/4
© Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi
Oʻzbekistonlik kikbokschilar Jahon kubogida 33 ta medalni qoʻlga kiritishdi - Sputnik Oʻzbekiston
2/4
© Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi
Oʻzbekistonlik kikbokschilar Jahon kubogida 33 ta medalni qoʻlga kiritishdi - Sputnik Oʻzbekiston
3/4
© Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi
Oʻzbekistonlik kikbokschilar Jahon kubogida 33 ta medalni qoʻlga kiritishdi - Sputnik Oʻzbekiston
4/4
Ushbu nufuzli musobaqada jahonning 50 dan ortiq davlatidan jami 3 300 nafar sportchi gʻoliblik uchun bahs olib borgan. Oʻzbekiston sharafini esa 62 nafar sportchi 6 ta yoʻnalishda himoya qilgan.
Yangiliklar lentasi
0