Yuqori likvidli mahsulotlarni birjada sotish ustidan nazorat o‘rnatiladi - prezident

© JCementTovarno-siryevaya birja Uzbekistana
Tovarno-siryevaya birja Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev mineral o‘g‘itlar, kaustik soda, chigit va paxta moyi kabi yuqori likvidli mahsulotlarni birja orqali sotishni nazorat qilishni topshirdi.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Yuqori likvidli mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish ustidan nazorat o‘rnatiladi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan birja savdosiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum bo‘ldi.

Suyuq mineral o‘g‘itlar, neft koksi, nafta, kaustik soda, suyuq uglerod oksidi va texnik kislorod, metall prokat list va po‘lat sharlar, barda kabi mahsulotlarni birja orqali sotishni boshlanadi, - deyilgan xabarda.

Ayrim turdagi yuqori likvidli tovarlar birjaga qo‘yilmagani oqibatida ularning narxlarida o‘sish kuzatilmoqda. Xususan, O‘tgan yilgi paxta hosilidan qariyb 1,5 million tonna texnik chigit olingan bo‘lsada, shundan birjaga 939 ming tonnasi yoki 56 foizi chiqarilgan. Yoki, birjadan chigit olgan 119 ta yog‘-moy korxonalaridan 20 tasi paxta yog‘ini birja savdolariga umuman qo‘ymagan.
Shu bois yuqori likvidli mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilgani ustidan tizimli nazorat o‘rnatish vazifasi qo‘yildi.
Bunda birjaga qo‘yish majburiy bo‘lgan tovarlarni, ayniqsa texnik chigit va paxta yog‘ini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotgan korxonalarga nisbatan javobgarlik kuchaytiriladi.
Undan tashqari, videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jalik hamda sanoat mahsulotlarini birjaga chiqarish bo‘yicha alohida topshiriqlar berdi.
Ushbu maqsadda har bir viloyat, tuman va shahar hokimlari tadbirkorlar bilan uchrashib, va ularning ma’lum miqdordagi mahsulotlarni birjaga olib chiqish bo‘yicha oyma-oy rejala tuzishni topshirdi.
Shuningdek, soha uchun har yili kamida 1 mingta mutaxassis tayyorlab, ularning bandligini ta’minlashi zarurligi ta’kidlandi. Bunda kamida 100 ta nogironligi bor yoshlarni bepul o‘qitib, sohada ishga qabul qilish topshirildi.
Yangiliklar lentasi
0