Madaniyat

Rushana Sultonova faxriy mukofot bilan taqdirlandi

© R. Sultonova/FacebookRushana Sultonova - narodnaya artistka Uzbekistana
Rushana Sultonova - narodnaya artistka Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Rushana Sultonovaga “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishonini topshirdi.
TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Oʻzbekiston xalq artisti Rushana Sultonova faxriy mukofot — “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov maʼlum qildi.
“Sanʼatning jozibador va nafis turlaridan sanalgan raqs sanʼatining eng faol, shijoatli va fidoyi vakillaridan biri, Oʻzbekiston xalq artisti Rushana Sultonovaga “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishonini topshirdik”, deya yozib qoldirdi vazir.
Maʼlumot uchun, 1965 yilning 27 noyabrida Buxoro viloyatining Gazli shahrida tavallud topgan Rushana Sultonova 1991 yilda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan. Ilk mehnat faoliyatini hozirgi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrida boshlagan.
Oʻtgan davr mobaynida Oʻzbekiston davlat filarmoniyasida balet solisti, Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor” raqs ansamblida oliy darajali balet solisti, “Oʻzbekraqs” birlashmasida oliy darajali balet solisti sifatida ijod qildi.
Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansamblining bosh baletmeysteri boʻlib faoliyat yuritayotgan Rushana Sultonovaning oʻzbek raqs sanʼati, xususan, balet sanʼati rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan.
“Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoniga haqli ravishda munosib boʻlgan ustoz sanʼatkorni mukofot bilan samimiy qutlab, sahnalarni zabt etishdan aslo charchamang, deymiz”, dedi Ozodbek Nazarbekov.
Yangiliklar lentasi
0