Iqtisod

Boshqirdiston rahbari Abdulla Aripov bilan uchrashdi

© BashinformGlava Boshkordostana Radiy Xabirov vstretilsya s Abdulloy Aripovыm
Glava Boshkordostana Radiy Xabirov vstretilsya s Abdulloy Aripovыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Uchrashuvda Abdulla Aripov bugungi kunda Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlari mustahkamlanib, yangi surʼat kasb etayotganini taʼkidladi.
TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Boshqirdiston rahbari Radiy Xabirov Toshkentda Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashdi. Suhbatdoshlar ikki respublika oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildi.
© BashinformGlava Boshkordostana Radiy Xabirov vstretilsya s Abdulloy Aripovыm
Glava Boshkordostana Radiy Xabirov vstretilsya s Abdulloy Aripovыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2022
Glava Boshkordostana Radiy Xabirov vstretilsya s Abdulloy Aripovыm
“Rossiya Prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin va Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev oʻrtasidagi ishonch munosabatlari mamlakatlarimiz, jumladan, hududlararo hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Biz Abdulla Nigʻmatovich bilan sanoat, jumladan, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildik”, dedi Radiy Xabirov.
Uchrashuvda Abdulla Aripov bugungi kunda Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlari mustahkamlanib, yangi surʼat kasb etayotganini taʼkidladi.
“Oʻzbekiston va Boshqirdiston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni, sanoat kooperatsiyasini, madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanini qayd etmoqchiman”, dedi bosh vazir.
Radiy Xabirovning soʻzlariga koʻra, Boshqirdiston Oʻzbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmini hozirgi 113,3 million dollardan 500 million dollargacha oshirishi mumkin.
“Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini bojxona statistikasi nuqtai nazaridan tahlil qildik. Oxirgi ikki yil ichida, koronavirus pandemiyasiga qaramay, u sezilarli darajada oʻsdi va taxminan 110-115 million dollarni tashkil etdi. Oʻylaymizki, savdo aylanmamiz salohiyati toʻliq ochib berilmagan. Shunday ekan, biz dadil va ishonchli tarzda yarim milliard dollar chegarasini belgilashimiz va shunga intilishimiz kerak”, deya taʼkidladi u.
Shu maqsadda Boshqirdiston Oʻzbekiston viloyatlari va respublika hukumati vakillaridan iborat ishchi guruh tuzishni taklif qildi. Ishchi guruhga hamkorlikning istiqbolli nuqtalarini tahlil qilish va tegishli yoʻl xaritasini tayyorlash topshiriladi.Shuningdek, Radiy Xabirov Oʻzbekistonni Boshqirdistonning eng muhim va kuchli hamkorlaridan biri deb atadi.
Maʼlumot uchun, Boshqirdiston hududida Oʻzbekiston kapitali ishtirokida 56 ta korxona faoliyat yuritmoqda. 2021 yilda Oʻzbekiston savdo aylanmasi boʻyicha Boshqirdistonning tashqi savdo hamkorlari orasida 11-oʻrinni egalladi.
Avvalroq, Boshqirdiston oʻzbek gilamlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqchi ekani va Oʻzbekiston avtosanoati bilan hamkorlik qilishga tayyorligi haqida xabar bergan edik. Radiy Xabirov boshchiligidagi Boshqirdiston delegatsiyasi 16 maydan buyon Oʻzbekistonda boʻlib turibdi.
Yangiliklar lentasi
0