Rossiya

Volodin global inqirozning asosiy aybdorlarini aytdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishPredsedatel Gosudarstvennoy Dumы RF Vyacheslav Volodin
Predsedatel Gosudarstvennoy Dumы RF Vyacheslav Volodin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
AQSH, Kanada hamda Shveytsariya butun dunyo boʻylab kelajakdagi inqirozlar uchun javobgardir, dedi Volodin.
TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Rossiyaga doʻst boʻlmagan asosiy uch davlat — AQSH, Kanada hamda Shveytsariya energiya va oziq-ovqat narxlarining global oʻsishini qoʻzgʻatdi. Mazkur mamlakatlar butun dunyo boʻylab kelajakdagi inqirozlar uchun javobgardir. Bu fikrni payshanba kuni Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin bildirdi.
Parlament aʼzosining taʼkidlashicha, Rossiyaga qarshi eng koʻp sanktsiyalarni Amerika Qoʻshma Shtatlari kiritgan (1983 ta). Rossiyaga nisbatan kiritilgan sanktsiyalar soni boʻyicha tuzilgan roʻyxatda ikkinchi oʻrin Kanadaga (1402 ta), uchinchi oʻrin esa Shveytsariyaga (1361 ta) nasib qildi.
Mazkur roʻyxatning toʻrtinchi oʻrinidan Buyuk Britaniya (1360 ta), beshinchi oʻrinidan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari (1199 ta) joy oldi. Avstraliya (1150 ta) va Yaponiya (902 ta) ham Rossiyaga doʻst boʻlmagan davlatlar roʻyxatida bor.
Volodinning qoʻshimcha qilishicha, Rossiyaga qarshi jami 10 536 ta sanktsiya joriy qilingan: 2022 yilning 24 fevraliga qadar - 2 754 ta, keyin - yana 7 782 ta.
“Bu davlatlar Rossiyaga qarshi noqonuniy sanktsiyalar joriy etib, energiya resurslari va oziq-ovqat narxlarining oshishiga sabab boʻldi. Bular butun dunyoda mavjud muammolar hamda boʻlajak inqirozlarning asosiy aybdorlari”, - dedi Davlat Dumasi spikeri.
Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Gʻarb kiritayotgan sanktsiyalar nafaqat Rossiya, balki butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berishi, endi dunyoda oziq-ovqat bilan bogʻliq muammolar paydo boʻlishi haqida ogohlantirgan edi.
Shuningdek, u SSSR sanktsiyalar sharoitida ham katta muvaffaqiyatlarga erishganini aytgan.
“Biz qiyinchiliklarni oʻtgan yillarda qanday yenggan boʻlsak, endi ham ularni yengib oʻtamiz. Biz bu davrni boshdan kechirishimiz kerak. Iqtisodiyot, albatta, yangi vaziyatga moslashadi”, degandi Rossiya yetakchisi.
Shuningdek, mamlakat bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rossiya Gʻarbning qoʻshimcha cheklovlari, jumladan, baʼzi amerikalik siyosatchilar eʼlon qilgan yangi “jahannam” sanktsiyalaridan qoʻrqmasligini bildirgan.
Yangiliklar lentasi
0