Iqtisod

Goʻshtdan shakargacha. Bozorlardagi narx-navo eʼlon qilindi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Fotobankka oʻtishTsentralnыy ovoщnoy rыnok v Simferopole
Tsentralnыy ovoщnoy rыnok v Simferopole - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Statistika qoʻmitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv oʻtkazdi.
TOSHKENT, 20 may - Sputnik. Oʻzbekistondagi dehqon bozorlarida goʻsht 45 000 – 86 000 soʻmdan sotilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Statqoʻm hududiy markaziy dehqon bozorlarida ayrim mahsulotlarning narxlari boʻyicha oʻtkazilgan kuzatuv natijalarini eʼlon qildi. Unga koʻra, 18 aprel holatiga alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari qoʻyidagicha boʻlgan:
Suyakli mol goʻshti (1 kg) – 45 000 – 73 000 soʻm;
Qoʻy goʻshti (1 kg) – 55 000 – 86000 soʻm;
Kartoshka (1 kg) – 2 500 – 8000 soʻm;
Piyoz (1 kg) – 2000 – 5000 soʻm;
Sabzi (1 kg) – 2000 – 7000 soʻm;
Tuxum (10 dona) – 6000 – 15 000 soʻm;
Guruch (1 kg) – 4500 – 21 000 soʻm;
Oʻsimlik yogʻi (1 l) – 15 000 – 28 000 soʻm;
Shakar (1 kg) – 9000 – 13 000 soʻm.
Eng arzon goʻsht, odatda Nukus markaziy dehqon bozorida (45 ming), eng qimmati esa Toshkentdagi Oloy bozorida (73 ming). Meva sabzavotlarning ham eng arzoni - Nukus, Urganch va Jizzax bozorlarida. Eng arzon shakar - Samarqandda (9ming), qimmati Toshkentda - 13 ming (Qoʻyliq bozor). Tuxumning eng arzoni Namanganda (6ming), Qimmati Toshkentda - 15 ming. (Oloy, Farxod bozorlari)
Bunda faqat dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, doʻkonlardagi narxlar inobatga olinmagan.
Yangiliklar lentasi
0