Tibbiyot sohasida yangi oliygoh ochildi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishVrach-laborant
Vrach-laborant - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2022
Obuna bo‘lish
Farmatsevtika texnik universiteti dori vositalari ishlab chiqarish, kosmetologiya sohalari uchun kadrlar tayyorlaydi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida Farmatsevtika texnik universiteti tashkil etildi. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 263-son qarori qabul qilindi.

Universitetda ta’lim jarayoni 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi. O‘quvchilar bakalavriat va magistratura bo‘limlariga qabul qilinadi, - deyilgan xabarda.

Yangi ta’lim dargohini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad farmatsevtika sanoati uchun xalqaro standartlar va milliy an’analar uyg‘unligida yuqori malakali, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Shuningdek, farmatsevtika sohasida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish ham nazarda tutilmoqda.
Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari:
dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, kosmetologiya, tarmoq va biznesni boshqarish sohalarida xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlash;
innovatsion va samarali ta’lim dasturlari va o‘qitish shakllarini joriy etish;
ta’lim va fanning uzluksizligi va uzviyligi, shuningdek, ularning jahon ta’limi va ilmiy hamjamiyatga integratsiyalashuvi hisobiga mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshirish;
farmatsevtika ta’limi, fan va ishlab chiqarishning yaqin integratsiyasi uchun shart-sharoitlar yaratish va boshqalar.
Klasterning o‘quv qismini yaratish bo‘yicha loyihani moliyalashtirish uchun Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlantirish va hamkorlik jamg‘armasi (EDCF) tomonidan O‘zbekistonga 40-yil muddatga 10-yillik imtiyozli davr bilan 83,7 million dollar miqdorida kredit taqdim etildi.
Universitetda bakalavriat va magistraturaga qabul qilish shartlari, ta’lim olish shakli va ta’lim tili hamkor universitetlar bilan kelishgan holda aniqlanadi.
Yangiliklar lentasi
0