Sport

Oʻzbekiston sportchilari yilning issiq vaqtida Rossiyada yigʻinlar oʻtkazadi

© MinsportVstrecha ministrov sporta Uzbekistana i RF
Vstrecha ministrov sporta Uzbekistana i RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston va Rossiya sport vazirliklari qishda Oʻzbekiston hududida yozda esa Rossiyada yigʻinlar tashkil qilish haqida kelishib olishdi.
TOSHKENT, 21 may - Sputnik. Rossiya va Oʻzbekiston Olimpiada jamoalarini tayyorlashda yilning qulay mavsumlarida bir-birining hududida yigʻinlar oʻtkazishga kelishib olishdi.
Toshkentda 20 may kuni SHHT sport vazirlari uchrashuvidan soʻng Rossiya va Oʻzbekiston sport vazirlarining ikki tomonlama uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Unda ikki davlat vakillari oʻrtasida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari, turnirlar tashkil etishda hamkorlikni yanada kuchaytirish, jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish, Olimpiya terma jamoalari ishtirokida yilning issiq paytida Rossiyaning bahavo joylarida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari tashkil etish va qish faslida esa yurtimizda mashgʻulotlar oʻtkazish borasida kelishuvga erishildi

Shuningdek, ommaviy sportni yanada rivojlantirishda birgalikda ishlash, qolaversa xalqaro maydonlarda muvaffaqiyatga erishish borasida ham hamkorlikni kuchaytirishga kelishildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston tomonidan Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov, vazir oʻrinbosari Shaxrullo Maxmudov hamda Sport oʻyinlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Jasur Akramovlar ishtirok etdi.
Rossiya tomonidan sport vaziri Oleg Matisin boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
© MinsportVstrecha ministrov sporta Uzbekistana i RF
Vstrecha ministrov sporta Uzbekistana i RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.05.2022
Vstrecha ministrov sporta Uzbekistana i RF
Yangiliklar lentasi
0