TOSHKENT, 21 may - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning "Azov" milliy polkining soʻnggi jangarilari Mariupoldagi "Azovstal" metallurgiya zavodidan chiqishi aks etgan videoni eʼlon qildi.Videoda millatchilarning shaxsiy narsalarini rus harbiylariga tekshirish uchun topshirishlari koʻrsatilgan. Rossiyalik harbiy xizmatchilar ham jangarilarning kiyimlarini koʻzdan kechirib, tatuirovkalarni koʻrsatishni soʻrashadi.Jangarilardan birining yelkasida "Tesak" laqabli mashhur millatchining portreti tushirilgan edi. Eslatib oʻtamiz, "Azovstal" qurshovga olingan 2,5 mingga yaqin jangarilar va Ukraina harbiylarining 531 kishidan iborat soʻnggi guruhi 20 may kuni taslim boʻlgan edi. Bu haqida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu prezident Vladimir Putinga 20 may kuni hisobot bergan edi."Azovstal" toʻliq ozod qilindi - Shoygu
ukraina
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
252
60
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
252
60
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
252
60
Pervыe kadrы vыxoda poslednix ukrainskix boyevikov s "Azovstali".
Pervыe kadrы vыxoda poslednix ukrainskix boyevikov s "Azovstali".
Rossiya Mudofaa vazirligi soʻnggi jangarilarning "Azovstal"dan chiqishini koʻrsatdi.
TOSHKENT, 21 may - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning "Azov" milliy polkining soʻnggi jangarilari Mariupoldagi "Azovstal" metallurgiya zavodidan chiqishi aks etgan videoni eʼlon qildi.
Vazirlik xabarida aytilishiga koʻra, jangarilar shartsiz taslim boʻlishgan.
Videoda millatchilarning shaxsiy narsalarini rus harbiylariga tekshirish uchun topshirishlari koʻrsatilgan. Rossiyalik harbiy xizmatchilar ham jangarilarning kiyimlarini koʻzdan kechirib, tatuirovkalarni koʻrsatishni soʻrashadi.
Jangarilardan birining yelkasida "Tesak" laqabli mashhur millatchining portreti tushirilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, "Azovstal" qurshovga olingan 2,5 mingga yaqin jangarilar va Ukraina harbiylarining 531 kishidan iborat soʻnggi guruhi 20 may kuni taslim boʻlgan edi. Bu haqida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu prezident Vladimir Putinga 20 may kuni hisobot bergan edi.
Ukraina Milliy gvardiyasining "Azov" maxsus boʻlinmasi 2014 yildagi davlat toʻntarishidan soʻng tashkil qilingan.
Uning tarkibiga irqchilik va neonatsist qarashlarga ega boʻlgan millatchi radikallar kirgan. U yerda nafaqat Ukraina fuqarolari, balki boshqa mamlakatlardan kelgan yollanma askarlar ham bor edi.
"Azov" jangarilari 2015 yildan buyon Donbassda tinch aholiga nisbatan odam oʻgʻirlash, qiynoqqa solish, asirlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish, xalqaro konventsiyalar bilan taqiqlangan jangovar vositalardan foydalanish kabi jinoyatlar sodir etib kelgan. Rossiya Tergov qoʻmitasi tomonidan, Donbassda aniqlangan rad etib boʻlmas dalillar asosida, "Azov" va "Praviy sektor" jangarilariga nisbatan JKning koʻplab moddalari boʻyicha jinoiy ishlar qoʻzgʻatilgan.