Jamiyat

Yosh bolada oziq-ovqat allergiyasi paydo boʻlishiga nima sabab boʻladi - shifokor javobi

© Minzdrav UzbekistanaDirektor Tsentra allergologii, professor Ilmira Razikova
Direktor Tsentra allergologii, professor Ilmira Razikova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oxirgi vaqtlarda yosh bolalarda sut, tuxum, baliq, parranda goʻshti, tsitrus mevalar va boshqa taommlarga nisbatan allergiya boʻlishi holatlari koʻp uchramoqda. Ushbu mavzuda mutaxassis xulosasi bilan tanishing.
TOSHKENT, 21 may - Sputnik. Oziq-ovqat allergiyasiga asosan 5 yoshgacha boʻlgan goʻdaklar chalinadi, 6 yosh va undan kattalarda bu holat juda kam uchraydi.
Xoʻsh, yosh bolalarda ushbu xavfli holat paydo boʻlishiga asosiy sabab nima?
Ushbu savolga Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Razikova javob berdi.
Odatda allergiyaning ushbu turidan koʻproq bolalar, xususan emizikli goʻdaklar aziyat chekadi. Kattalarda esa xastalik nisbatan kam uchraydi. Allergiyaning asl sababi immunitetning genetik darajada buzilishi hisoblanib, u nasl suradi yoki favqulodda paydo boʻladi, deydi shifokor.
Bolalardagi kasallik rivojlanishiga koʻpincha onaning homiladorlik yoki emizikli davrida notoʻgʻri ovqatlanishi sabab boʻladi. Aytaylik, ayol homiladorlik paytida haddan ziyod koʻp tuxum isteʼmol qilsa, oradan maʼlum vaqt oʻtib bolada aynan shu mahsulotga nisbatan allergiya paydo boʻlishi ehtimoli mavjud.
Bundan tashqari, chaqaloqning koʻkrak suti oʻrniga, sunʼiy aralashmalar bilan oziqlantirilishi yoki chala tugʻilishi, oshqozon-ichak tizimi, oʻt yoʻllari yoki jigar xastaliklari oziq-ovqat allergiyasini keltirib chiqaruvchi omillar sirasidan.
Qolaversa, sigir suti — allergen mahsulot. Tarkibida 40 dan ortiq oqsil guruhlari boʻlib, asosiy qismi kazeinlar va zardob oqsillaridan iborat. Unda allergiyaga sababchi boʻlishi mumkin boʻlgan f2, Bos d 4, Bos d 5, Bos d 6, Bos d 8, Bos d 9, Bos d 10, Bos d 11, Bos d 12 allergenlari mavjud.
Ularga 2-3 foiz emizikli bolalarda allergiya uchraydi. Oʻgʻil-qizlar 5 yoshga kirgach, 80 foizida mazkur holat yoʻqoladi. Olti yoshga kelib esa 100 nafar boladan 1 nafaridagina sigir sutiga nisbatan allergiya kuzatilishi mumkin.
Kattalar ham baʼzan bu turdagi allergiyadan aziyat chekadi. Misol uchun, ayrim kishilarda tamolarga hid, rang va taʼm bagʻishlash maqsadida solinadigan qoʻshimchalar, xususan, sariq-tillarang koʻrinish beradigan tartrazin allergik reaktsiya paydo qiladi. Natriy nitrat, natriy glyutamat va salitsilatlarni ham shular sirasiga kiritish mumkin.
Oziq-ovqat allergiyasining xatarli tomoni, allergenning oz miqdori ham inson hayotiga xavf tugʻdirishi, anafilaktik shok holatini keltirib chiqarishi mumkin.
Sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga asosan.
Yangiliklar lentasi
0