Jamiyat

Qashqadaryo va Jizzax viloyatining togʻli hududlarida qor yogʻdi – foto, video

© Foto: Dehqonobod tumani hokimligiDehqonobod tumani togʻlarida yoqqan qor
Dehqonobod tumani togʻlarida yoqqan qor - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Dehqonobod, Kitob, Zomin tumanlarida joylashgan togʻlarda qor yogʻdi.
TOSHKENT, 22 may — Sputnik. Havo harorati pasayishi tufayli Qashqadaryo va Jizzax viloyatining ayrim tumanlarida qor yogʻdi.
Xususan, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod va Kitob tumanlarida va Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan togʻlarda qor yoqqan.
Dehqonobod tumani hokimligi eʼlon qilgan suratlardan yerlar oppoq boʻlganini koʻrish mumkin.
Kitob va Zomin tumani baland togʻli hududlarida ham qor yogʻmoqda.
Oʻzgidromet 22 may kuni Oʻzbekistonning togʻli hududlarida havo harorati 7-12 daraja boʻlishini xabar qilgan. Shuningdek, togʻoldi va togʻli hududlarda yomgʻir yogʻadi, vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0