O‘zbekiston Koreya bilan hamkorlikda taekvondo sportini rivojlantiradi

© Minsport UzbekistanaV Minsporte proshla vstrecha s koreyskoy assotsiatsiyey Taekvondo
V Minsporte proshla  vstrecha s koreyskoy assotsiatsiyey Taekvondo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Janubiy Gyeong Gi-Do taekvondo assotsatsiyasi o‘rtasida memarandum imzolandi.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Mamlakatda taekvondo sport turini ommalashtirish va texnikasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Janubiy Koreya Gyeong Gi-Do taekvondo assotsatsiyasi o‘rtasida memarandum imzolandi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Hujjatga muvofiq, endilikda taekvondo sport turida ilm-fan va amaliyotni integratsiya qilish, terma jamoalar bilan ishlash, shuningdek, ushbu sport turidagi dolzarb muammolar yechimiga yo‘naltirilgan mavzular asosida ilmiy tadqiqotlar o‘tkaziladi.
“Ikki davlat o‘rtasida taekvondo sport turi bo‘yicha xalqaro aloqalarni mustahkamlash uchun Janubiy Koreya Gyeong Gi-Do taekvondo assotsatsiyasi prezidenti Kim Kong Dok tashrif buyurdi. Mehmonlar universitet hududi va faoliyati bilan yaqindan tanishdi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, taekvondoga jangovar san’at sifatida 50-60 yillarda Koreya Respublikasida asos solingan. Ushbu sport turi o‘z xalqini sevish, o‘zini tarbiyalash, ruhiy yuksalish kabilarni o‘zida mujassamlashtirgan. Taekvondo musobaqalari ITF (Xalqaro taekvondo federatsiyasi) va WTF (Jahon taekvondo federatsiyasi) yo‘nalishlarida tashkil etiladi.
Bugungi kunda sport turining ITF yo‘nalishi 200dan oshiq mamlakatlarda faol rivojlanmoqda.
© Minsport UzbekistanaV Minsporte proshla vstrecha s koreyskoy assotsiatsiyey Taekvondo
V Minsporte proshla  vstrecha s koreyskoy assotsiatsiyey Taekvondo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2022
V Minsporte proshla vstrecha s koreyskoy assotsiatsiyey Taekvondo
Yangiliklar lentasi
0