Ertaga ba’zi hududlarda jazirama issiq bo‘lishi kutilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovParen s devushkoy u fontana vozle GABTA
Paren s devushkoy u fontana vozle GABTA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2022
Obuna bo‘lish
Ertaga, 26-may kuni havo harorati mamlakatda +39 darajagacha ko‘tariladi. Andijon, Namangan va Farg‘onada havo 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Ertaga Buxoro, Navoiy, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatidan tashqari boshqa barcha viloyatlarda issiq havo to‘lqini saqlanadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.
26 may kuni Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, havo vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-19 daraja iliq, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 26-31 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0