Markaziy bank nima uchun ayrim fuqarolarga kredit berilmayotganini tushuntirdi

© Sputnik / Zafar XalilovTashkent. Sentralniy bank Uzbekistana
Tashkent. Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2022
Obuna bo‘lish
Bank tizimida “qora ro‘yxat” yoki boshqa ma’lumotlar bazasi mavjud emas - Markaziy bank. Kredit berishda "kredit tarixi" hisobga olinmoqda.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. So‘nggi kunlarda ko‘plab fuqarolar tijorat banklari tomonidan ularning kredit so‘rovlari tushunarsiz sababga ko‘ra rad etilayotgani yuzasidan Markaziy bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga murojaat qilmoqda. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.
Murojaatchilarning izohlashicha, banklar ularga “Markaziy bankning qarz oluvchilar bo‘yicha “qora ro‘yxat”iga kirganligini va bunday ro‘yxatga tushganlarga kredit berilmasligini” vaj qilib ko‘rsatapti.
Markaziy bankholat bo‘yicha izoh berdi. Unga ko‘ra, bank tizimida “qora ro‘yxat” tushunchasi, umuman, kredit ajratilishi taqiqlangan fuqarolar bo‘yicha tuzilgan “maxsus ro‘yxat” yoki “ma’lumotlar bazasi” mavjud emas.
“Qora ro‘yxat” tushunchasi yetarli bilim va malakaga ega bo‘lmagan ayrim bank xodimlari tomonidan kredit arizasini ko‘rib chiqish jarayonida ilgari olingan yoki joriy krediti bo‘yicha to‘lovlarni kredit shartnomasida belgilangan muddatlardan kechiktirib to‘lagan fuqarolarga “qora ro‘yxatga tushib qolgansiz” deb izoh berishi (tushuntirishi) oqibatida vujudga kelmoqda.
Ushbu holat aslida fuqaroning “kredit tarixi” ma’lumotlari bilan bog‘liq bo‘lib, hozirgi kunda undan barcha kredit beruvchi tashkilotlar fuqaroga kredit berishdan oldin ushbu ma’lumotlardan foydalanishmoqda.

“Kredit tarixi” nima va uning qanday ahamiyati bor?

So‘nggi yillarda kredit tashkilotlari (banklar va mikrokredit tashkilotlari) va hattoki ayrim tovar iste’mol krediti beruvchi savdo tashkilotlari tomonidan fuqarolarga kredit ajratish jarayonida ularning ilgari olgan qarz mablag‘lari bo‘yicha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarganligi hamda joriy qarzdorliklari mavjudligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Fuqarolarning kredit bitimlari, ularning ijro etilishi holati, jumladan, ilgari qaysi kredit tashkilotlaridan qancha miqdorda kredit olganligi, kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘laganligi, boshqa kreditlar uchun berilgan amaldagi kafilliklar hamda joriy kredit qarzdorliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui “kredit tarixi” deb ataladi.
Kredit tashkilotlari “kredit tarixi” ma’lumotlari asosida potensial qarz oluvchining kreditga layoqatliligini baholaydi, ya’ni qarz oluvchi olayotgan krediti bo‘yicha majburiyatlarini kelgusida lozim darajada bajara olish imkoniyati, ilgari olgan kreditlari bo‘yicha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarganligi, boshqa kredit tashkilotlaridan hozirgi qarzdorligi miqdori kabi ma’lumotlarni o‘rganib chiqqan holda fuqaroning kredit to‘lovlarini to‘lash borasida qay darajada intizomli va mas’uliyatli ekanligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi.
Har bir kredit tashkiloti o‘zining kreditlash tartibi talablari va kreditning qaytmaslik riskini baholash mezonlaridan kelib chiqib, potensial qarz oluvchining kredit tarixi ma’lumotlari, daromadi hamda taklif etilayotgan kredit ta’minotini tahlil qiladi va yakunda kredit ajratish yoki ajratmaslik yuzasidan mustaqil qaror qabul qiladi. O‘z navbatida, mazkur qarorlar turli kredit tashkilotlarida turlicha bo‘lishi mumkin.
Markaziy bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati “kredit tarixi”ngiz hisobotida muddati o‘tgan qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar paydo bo‘lishining oldini olish uchun kredit va boshqa moliyaviy majburiyatlaringiz bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab borishga chaqirgan.
“Zero, qarz bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishda ma’suliyatsizlikka yo‘l qo‘yish, ya’ni kredit to‘lovlarini belgilangan muddatlardan kechiktirib to‘lash hozircha arzimas bo‘lib tuyilsa ham, kelgusida kredit tashkilotlaridan qarz olish imkoniyatini pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0