“O‘rta Osiyo Trans” sotuvga chiqarilmoqda

© Agentstvo po upravleniyu gosudarstvennimi aktivami UzbekistanaAvtomobil kompanii "Urta Osiyo trans"
Avtomobil kompanii Urta Osiyo trans - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2022
Obuna bo‘lish
Xaridorlar tomonidjan arizalar ingliz, rus yoki o‘zbek tillarida 2022-yil 24-iyun Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha qabul qilinadi.
TOShKENT, 25-may - Sputnik. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “UzAssets” investitsiya kompaniyasi “O‘rta Osiyo Trans” AJ ustav kapitalidagi 51 % aksiyalar paketini sotish rejasini e’lon qildi.
Sotuv jarayoni barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq. Takliflar ariza ko‘rinishida 2022-yil 24-iyun Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha qabul qilinadi, - deyilgan xabarda.
Arizalar ingliz, rus yoki o‘zbek tillarida quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilingan holda topshiriladi:
bitimni o‘z va/yoki qarz mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish imkoniyatga egaligi to‘g‘risida;
taklif qilinayotgan bitimning asosiy shartlari (majburiy bo‘lmagan taklif);
muassislar va benefitsiarlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmaganligi va tergovlarning mavjud emasligi, xaridorlar turli soxta tadbirkorlar va bankrotlarning ro‘yxatlariga kiritilmaganligi to‘g‘risida;
Kompaniya jamoasi uchun ijtimoiy shartlarni amaldagi jamoat shartnomasidan kam bo‘lmagan holda bajarish imkoniyati va tayyorligi;
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga rioya qilinishi to‘g‘risida.
Savdoni amalga oshirish to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar bilan quyida tanishish mumkin.
“O‘rta Osiyo Trans” AJ - xalqaro yuk tashish, transport ekspeditsiyasi va logistika sohasidagi 82 malakali mutaxassis ishlaydi. Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi transport markazida: Toshkent shahri, Sergeli tumani, Qumariq ko‘chasi, 24-uy manzilida joylashgan. Kompaniyaning 2021-yildagi tushumi 2,43 milliard so‘mni tashkil etdi.
Yangiliklar lentasi
0