Qo‘qonda Yandex Go xizmati ishga tushdi

© Foto: press-slujba Yandex GoV Kokande s 25-maya stal dostupen servis taksi Yandex Go
V Kokande s 25-maya stal dostupen servis taksi Yandex Go - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2022
Obuna bo‘lish
Endi bu taksi xizmati Farg‘ona vodiysining barcha yirik shaharlarida mavjud.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. 25-maydan Yandex Go xizmati Qo‘qonda ham ishga tushirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Endi servis Farg‘ona vodiysining barcha yirik shaharlarida mavjud. Viloyat aholisi endi ko‘chada taksi xizmatiga qo‘ng‘iroq qilishlari yoki mashina ushlashlari shart emas”, - deydi kompaniyaning Markaziy Osiyo bozorini rivojlantirish bo‘yicha ijrochi direktori Tamirlan Shapiyev.
Mashinaga buyurtma berilgandan so‘ng, dasturda avtomobil rusumi va haydovchining kelish vaqti kabi barcha kerakli ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ilovada tez bog‘lanish mumkin bo‘lgan qo‘llab-quvvatlash xizmati ham mavjud.
Qo‘qonliklar safarning aniq narxini mashinaga buyurtma berganda ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Haydovchi yo‘nalishni yo‘l ta’miri tufayli o‘zgartirsa ham narx o‘zgarishsiz qolaveradi. Safar uchun to‘lov naqd pul ko‘rinishda amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, hozirda Yandex Go xizmati Toshkent, Farg‘ona, Marg‘ilon, Namangan, Samarqand, Andijon va Buxoroda ishlamoqda.
Yangiliklar lentasi
0