Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Donbassda 8 mingga yaqin ukrainalik harbiy taslim boʻldi – LXR elchisi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishVыvoz sdavshixsya v plen ukrainskix voyennыx i boyevikov s "Azovstali"
Vыvoz sdavshixsya v plen ukrainskix voyennыx i boyevikov s Azovstali - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
LXRning Rossiyadagi elchisi Rodion Miroshnik Donbassda asirga tushgan ukrainalik harbiylar sonini ochiqladi.
TOSHKENT, 26 may — Sputnik. Lugansk va Donetsk xalq respublikalarida (LXR va DXR) hozir 8 mingga yaqin ukrainalik asir bor, boz ustiga ularning soni oʻsib bormoqda. Bu haqda LXRning Rossiyadagi elchisi Rodion Miroshnik maʼlum qildi.

Asirlar bisyor. Albatta, eng koʻpi Donetsk xalq respublikasi hududida, biroq bizda ham ular yetarlicha. Hozir umumiy raqam 8 ming atrofida. Bu juda koʻp, va har kuni ularning soni yuzlab ortmoqda”, - dedi Miroshnik "Solovyev Live" efiri chogʻida.

Elchining fikricha, Donbassda asir va halok boʻlgan ukrainalik harbiylar soni ortib boradi, chunki Ukraina qoʻmondonligi muntazam armiya boʻlinmasi yoki milliy harbiy qismlar oʻrniga jang olib borilayotgan hududlarga yaqinda joylarda yashovchi tinch aholi orasidan saralab olingan fuqarolarni joʻnatmoqda.
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Mudofaa vazirligi bayonotiga koʻra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qoʻshinlariga zarba bermoqda. 25 martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini taʼkidlagan.
Yangiliklar lentasi
0