https://oz.sputniknews-uz.com/20220526/maxsus-daftarlarga-kiritilgan-fuqarolar-dehqonchilikni-yolga-qoyishdi-24814722.html
Maxsus daftarlarga kiritilgan fuqarolar dehqonchilikni yoʻlga qoʻyishdi
Maxsus daftarlarga kiritilgan fuqarolar dehqonchilikni yoʻlga qoʻyishdi
Mehnat migrantlari va maxsus daftarga kiritilgan fuqarolar 16 062 gektar yer maydonida kartoshka va boshqa sabzavot, poliz, moyli, dukkakli ekinlarni yetishtiradi. 26.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-26T13:59+0500
2022-05-26T13:59+0500
2022-05-26T13:59+0500
jamiyat
qishloq xoʻjaligi vazirligi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/04/0f/18352805_0:143:2733:1680_1920x0_80_0_0_09e9810f8b90826ebd4811b03efebc46.jpg
TOSHKENT, 26 may — Sputnik. “Ayollar daftari”, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” kabi maxsus daftarlarga kiritilgan va xorijdan qaytgan mehnat migrantlari dehqonchilik faoliyatini boshladi. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi xabar berdi. 24 may holatiga maxsus daftarlarga kiritilgan 65 893 nafar fuqaro elektron savdolar orqali ijara uchun qoʻyilgan 14 038 gektar yerni yutib olishdi.1 mart sanasidan keyin xorijdan qaytgan mehnat migrantlari esa 13 637 ta lot boʻyicha gʻolib boʻldi. Ularga dehqon xoʻjaligi maqsadlari uchun 2 024 gektar yer ijaraga berildi.Endilikda ushbu yer maydonlarida kartoshka va boshqa sabzavot, poliz, moyli, dukkakli ekinlar yetishtiriladi.“Tegishli qarorlarga asosan, qishloq xoʻjaligi yerlarini ijaraga berishda roʻyxatda turgan barcha ehtiyojmand oilalar, mehnat migrantlariga alohida ustuvorlik berildi. Ular uchun qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarni 1,3 ballgacha koʻpaytirish va shu bilan tanlovlarda ishtirok etayotgan boshqa talabgorlarga nisbatan 30 foiz ustunlik berish yoʻlga qoʻyildi”, - deyiladi xabarda.Aholining mazkur qatlamlariga nisbatan qoʻshimcha imkoniyat beruvchi 1,1 ballga teng koeffitsiyent qoʻllaniladi va tanlovda ishtirok etishda zakalat toʻlovidan ozod etiladi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/04/0f/18352805_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_d6e3c33aa95e278c3b43f561fe0fe63f.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
qishloq xoʻjaligi vazirligi
Maxsus daftarlarga kiritilgan fuqarolar dehqonchilikni yoʻlga qoʻyishdi
Mehnat migrantlari va maxsus daftarga kiritilgan fuqarolar 16 062 gektar yer maydonida kartoshka va boshqa sabzavot, poliz, moyli, dukkakli ekinlarni yetishtiradi.
TOSHKENT, 26 may — Sputnik. “Ayollar daftari”, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” kabi maxsus daftarlarga kiritilgan va xorijdan qaytgan mehnat migrantlari dehqonchilik faoliyatini boshladi. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi
xabar berdi. 24 may holatiga maxsus daftarlarga kiritilgan 65 893 nafar fuqaro elektron savdolar orqali ijara uchun qoʻyilgan 14 038 gektar yerni yutib olishdi.
1 mart sanasidan keyin xorijdan qaytgan mehnat migrantlari esa 13 637 ta lot boʻyicha gʻolib boʻldi. Ularga dehqon xoʻjaligi maqsadlari uchun 2 024 gektar yer ijaraga berildi.
Endilikda ushbu yer maydonlarida kartoshka va boshqa sabzavot, poliz, moyli, dukkakli ekinlar yetishtiriladi.
“Tegishli qarorlarga asosan, qishloq xoʻjaligi yerlarini ijaraga berishda roʻyxatda turgan barcha ehtiyojmand oilalar, mehnat migrantlariga alohida ustuvorlik berildi. Ular uchun qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarni 1,3 ballgacha koʻpaytirish va shu bilan tanlovlarda ishtirok etayotgan boshqa talabgorlarga nisbatan 30 foiz ustunlik berish yoʻlga qoʻyildi”, - deyiladi xabarda.
Aholining mazkur qatlamlariga nisbatan qoʻshimcha imkoniyat beruvchi 1,1 ballga teng koeffitsiyent qoʻllaniladi va tanlovda ishtirok etishda zakalat toʻlovidan ozod etiladi.