DTM chet tilidan ijodiy imtihon namunalarini e’lon qilindi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishItogovoe sochinenie po literature v rossiyskix shkolax
Itogovoe sochinenie po literature v rossiyskix shkolax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2022
Obuna bo‘lish
DTMning rasmiy veb-saytida ingliz tillidan ijodiy imtihon namunalari joylashtirildi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekistonda bu yil ilk bor oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘tkazilgan chet tilidan kasbiy imtihon - ijodiy imtihon shaklida bo‘lib o‘tadi. Davlat Test markazi ushbu imtihon namunalarini e’lon qildi.
Chet tilidan ijodiy imtihonlar - tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan.
Bugundan boshlab Davlat test markazining rasmiy veb-saytida ingliz tilidan ijodiy ushbu imtihon namunalari bilan tanishish mumkin.
Chet tilidan kasbiy imtihon ijodiy shaklda quyidagi oliygohlarda bo‘lib o‘tadi:
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining
Toshkent davlat pedagogika universiteti;
Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika instituti
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvarda e’lon qilingan 34-sonli qaroriga asosan 2022-2023-o‘quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan oltita oliy ta’lim muassasasiga kirishda chet tilidan kirish imtihonlari - ijodiy imtihon shaklida o‘tkazilishi belgilangan edi.
Yangiliklar lentasi
0