Iqtisod

Fargʻona hokimligi rossiyalik investorlarga yer ajratiladi

© Press-slujba xokimiyata Ferganskoy oblastiVstrecha s delegatsiyey iz Rossii vo glave s rukovoditelem investitsionnogo tovariщestva "RosTOK"
Vstrecha s delegatsiyey iz Rossii vo glave s rukovoditelem investitsionnogo tovariщestva RosTOK - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Investorlarga Qoʻshtepa, Yozyovon, Rishton, Oltiariq tumanlaridan joy ajratib beriladi.
TOSHKENT, 27 may — Sputnik. Rossiyalik investorlar Fargʻonada qishloq xoʻjaligi oʻgʻitlari ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu xaqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Rossiyaning “RosTOK” investitsiya hamkorligi rahbari Andrey Shkurkin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda viloyatda rossiyalik investorlar tomonidan qishloq xoʻjaligi oʻgʻitlari ishlab chiqarishni tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Investorlar maydonlarda oʻgʻitlarni ekin turlariga qarab sinab koʻrishmoqchi. Agar hosil 35% dan 70 % gacha yaxshi foyda bersa, ular Fargʻonada oʻgʻit ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishadi.
“Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov taklifi bilan Qoʻshtepa, Yozyovon, Rishton, Oltiariq tumanlaridan joy ajratib beriladi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, rossiyalik investorlar Fargʻonada zamonaviy mehmonxona qurishni ham rejalashtirishgan.
Maʼlumot uchun, "RosTOK" investitsiya hamkorligi ishlab chiqarishni kengaytirish va parrandachilik xoʻjaliklarining torf va chiqindilarni qayta ishlash uchun yuqori texnologiyali uskunalar va mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish uchun hamkorlarni jalb qiladi.
Yangiliklar lentasi
0