Kolumnistlar

Xitoy oʻziga nisbatan "Rossiya stsenariysi" qoʻllanilishiga qarshi choralar koʻrmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishStranы mira. Kitay
Stranы mira. Kitay  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Xitoy AQSH tomonidan Rossiyaga singari qattiq sanktsiyalar bosimi ostida qolishdan xavotirda va bunday stsenariyga hozirdan tayyorlanishni boshlagan.
TOSHKENT, 27 may — Sputnik. Rossiya xalqaro zahiralarining muzlatilishi va ehtimoliy musodara qilinishi dunyodagi ikkinchi yirik iqtisodiyot egasi boʻlgan Xitoyni oʻz aktivlarini himoya qilish haqida oʻylashga majbur qildi, deb yozmoqda RIA Novosti kolumnisti.
Mamlakat har qanday mintaqaviy mojaro tufayli, xususan, Tayvandan keyin AQSH ularga qarshi sanktsiyalar qoʻllashi mumkinligidan xavotirda.
Xitoy oʻz zahiralarini [Rossiyaniki kabi muzlatib qoʻyilmasligi uchun] saqlab qolish niyatida. Chunki mamlakatning uch trillion dollardan ortiq puli xavf ostida. Shuning uchun, Pekin dollarga qaramligini kamaytirish maqsadida asta-sekin boshqa davlatlar bilan hisob-kitoblarda Amerika valyutasidan foydalanishdan voz kechmoqda.
Bundan tashqari mamlakat shoshilinch ravishda AQSH davlat obligatsiyalarini sotmoqchi, bu esa AQSH va jahon zaxira valyutasiga jiddiy zarba beradi.
“Financial times” gazetasining yozishicha, Pekinda Markaziy bank va Moliya vazirligi vakillari, shuningdek, oʻnlab mahalliy va xalqaro banklar, jumladan HSBC rahbarlari ishtirokida favqulodda yigʻilish boʻlib oʻtgan.
Uchrashuvda mintaqadagi vaziyat keskinlashgan taqdirda zaxiralarni muhofaza qilish masalasi, jumladan, Tayvan bilan bogʻliq vaziyatning keskinlashuvi ehtimoli ham muhokama qilingan. Chunki Xitoyga kiritilishi mumkin boʻlgan sanktsiyalarning sabablaridan biri Tayvandagi harbiy amaliyotdir.

Dollardan voz kechish

Ekspertlarning aytishicha, Pekin dollarga qaramlikni kamaytirishga intilishda davom etadi.
“Agar Pekin orolga bostirib kirsa, boʻlinish Rossiyanikiga qaraganda ancha jiddiyroq boʻladi, chunki Xitoyning iqtisodiy holati butun dunyoga taʼsir qiladi”, deyiladi xabarda.
XXR bank tizimi mablagʻlarni muzlatish yoki SWIFT’dan uzishga tayyor emas. Shu sababli Xitoylik ekspertlarning asosiy tavsiyalari quyidagilardan iborat:
dollardagi aktivlarni diversifikatsiya qilish;
yuanning xalqaro tan olinishini tezlashtirish;
transchegaraviy toʻlovlarda raqamli yuandan foydalanishni faollashtirish;
dollarning moliyaviy gegemonligini yoʻq qilishga urinish.
Xususan, Ar-Riyod Pekinga neft uchun milliy valyutada toʻlash imkonini bersa, Saudiya Arabistoni bilan kelishuv jahon zaxiralaridagi yuan ulushini oshiradi.
Maʼlumot uchun, soʻnggi 20 yilda Xitoy oltin-valyuta zahiralari tarkibida dollarning ulushi 1/4 qismga kamayib ayni damda 56%ni tashkil qilmoqda. Oltin ulushi esa 3 baravar oʻsib - 2 ming tonnani tashkil qilmoqda.
AQSH hukumati qimmatli qogʻozlarida saqlanayotgan zahiralar - 1 trilliondan ortiq, lekin Xitoy ularni bosqichma-bosqich sotmoqda. Mary oyining oʻzida Pekin 15,2 milliard dollarlik obligatsiyalardan xalos boʻlgan. Aprelda esa, dastlabki maʼlumotlarga koʻra bundan bir necha barobar koʻp.
Ekspertlar aytishiga koʻra, blokirovka ehtimoli mavjudligi tufayli Xitoy oʻz zahiralarida AQSH dollari va qimmatli qogʻozlaridan voz kechishda davom etadi. Bu albatta AQSH qimmatli qogʻozlar bozori uchun hech qanday yaxshilik olib kelmaydi.
"Bir vaqtining oʻzida, Amerika Xitoyga nisbatan Rossiyaga boʻlgani kabi sanktsiyalar qoʻllashi ehtimoli oshadi. Buning uchun kerak boʻlganda ular biror bahona izlab topishadi: Xitoy kompaniyalari Rossiya bozorini tark etmaganidan boshlab Moskvaga yordam berishgacha", - deydi moliyaviy tahlilchi, Artem Zvezdin.

Ikki yoqlama zarba

Boshqa guruh ekspertlari xulosasiga koʻra, AQSH Xitoy zahralariga tegmasligi ham mumkin. Chunki bu xalqaro bozorlar va AQShning oʻziga ulkan zarar yetkazishi mumkin. Bu huddi yadroviy urushda ikki qudratli davlat bir-birini yoʻq qilgandek natija berishi mumkin, deb hisoblaydi iqtisodchi Pyotr Zabortsev.
"Bu tovar bozorlarda ulkan defitsitiga olib kelishi mumkin. AQSH savdo balansi esa allaqachon - 860 milliard dollarga yetgan. Xitoy uchun esa - oʻnlab yillar davomida qurilgan iqtisodning barbod boʻlishini anglatadi. Axir ularning sanoati asosan AQSH boozoriga moslashgan", - deydi iqtisodchi.
Uning fikricha Vashington ham Pekin kuchli qarama-qarshilik qilishayotgan boʻlsa ham oʻzaro toʻqnashuvga hozircha tayyor emas.
Britaniyaning The Guardian nashriga koʻra, Xitoy hukumati Rossiya stsenariysi boʻyicha sanktsiyalar qoʻllanilgan taqdirda iqtisodda qanday jarayonlar sodir boʻlishi mumkinligini aniqlash uchun stress-testlar oʻtkazishni boshlagan.
Lekin xitoyning qoʻlida yana bir kuchli kzir bor - u AQSH obligatsiyalariga ega boʻlgan ikkinchi yirik davlat. Agar Xitoy ularni bir zumda sotib yuborishga qaror qilsa - AQSH dollar kursi va qimmatli qogʻozlar kursi qulashi muqarrar.
Yangiliklar lentasi
0