Gormonal buzilishning qanday oldini olish mumkin?
© Sputnik / Sergey GuneyevMujchina s golыm torsom.

© Sputnik / Sergey Guneyev
Shifokor endokrinolog gormonlar buzilishlarni oldini olish uchun kamroq shakar istʼmol qilish va yana yettita maslahat berdi.
Shifokor-parhezshunos, endokrinolog Anna Konovalova gormonal muvozanatni saqlash boʻyicha tavsiyalar berdi. Bu haqida RIA Novosti xabar qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, hech qaysi mahsulot oʻz-oʻzidan organizmdagi gormonlar holatiga taʼsir qilmaydi. Endokrin tizimining toʻgʻri faoliyati ovqatlanish tizimi bilan uzviy bogʻliq.
“Koʻp miqdorda shakar, yogʻlar, yuqori darajada qayta ishlangan mahsulotlarni tez-tez isteʼmol qilish ortiqcha energiya isteʼmoliga va vazn ortishiga olib kelishi mumkin. Ortiqcha vazn va semirish uglevod va yogʻ almashinuvi buzilishiga va 2-toifa qandli diabet rivojlanishiga sabab boʻladi”, - deydi ekspert.
Konovalovaning aytishicha, yetarli darajada ovqatlanmaslik ham gormonal holatga salbiy taʼsir qilmasdan qolmaydi.
“Vazn yetishmasligi bilan endokrin va asab tizimlarining funktsiyalarini bajaradigan gipotalamo-gipofizar oʻqining buzilishi rivojlanadi. Bu amenoreya, reproduktiv muammolar (bepushtlik), suyak mineral zichligining pasayishi (osteoporoz) ga olib kelishi mumkin. Oʻta ogʻir vaziyatlarda qalqonsimon bez va buyrak usti bezlari faoliyati buzilishi mumkin”, - deydi endokrinolog.
Gormonal muvozanatni yaxshi saqlash uchun:
1.
Kunlik umumiy ratsiondan shakar isteʼmolini 5-10 % gacha tushirish2.
Yogʻlar miqdorini kamaytirish. Yogʻlar ratsionning sutkalik kaloriyaligi 30% oshmasligi kerak. Toʻyingan (qattiq) yogʻlar ( yogʻli goʻsht, sut -qandolat mahsulotlari, palma va kokos yogʻlari)- 10 % gacha.3.
Qayta ishlangan har qanday oziq-ovqat mahsuloti isteʼmolini kamaytirish4.
Spirtli ichimliklardan voz kechish5.
Kuniga 500 grammdan kam boʻlmagan miqdorda meva va sabzavot isteʼmol qilish6.
Don mahsulotlarini isteʼmolini koʻpaytirish. Kunlik ratsiondan 50% dan kam boʻlmasligi kerak.7.
Turli, oqsilga boy mahsulotlar (parranda, baliq va qoramol goʻshtlari, tuxum, dengiz va dukkakli mahsulotlar) isteʼmol qilish8.
Kam yogʻli sut mahsulotlarini muntazam ichishShifokorning aytishicha, mahsulotlarni faqat ratsional isteʼmol qilish bilan gormonal muvozanatni saqlash mumkin. Bunda aniq bir mahsulotni isteʼmol qilmaslik yaxshi natija koʻrsatmaydi.