Jamiyat

Korruptsiya sodir etgan shaxs davlat xizmatiga qabul qilinmaydi - Senat

© Senat26-zasedaniye Senata Uzbekistana
26-zasedaniye Senata Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yangi qonun davlat xizmati xizmatchilarining toifasi, maqomi, malaka darajasi, ularga qoʻshimcha haq toʻlash bilan birga ularning masʼuliyatini ham oshiradi.
TOSHKENT, 28 may - Sputnik. Korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmaydi.
Bu haqida 28 may kuni boʻlib oʻtayotgan Senatning yigirma oltinchi yalpi majlisida maʼqullangan “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunda aytib oʻtilgan.
Qonun bilan davlat xizmatchilarining faoliyati eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholanishi qatʼiy belgilanmoqda. Korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmaydi, - deyilgan xabarda.
Muhokama qilingan Qonun normalari faqatgina davlat reyestriga kiritiladigan lavozimlarda faoliyat yuritayotgan davlat xizmatchilariga nisbatan tatbiq etiladi.
Shu bilan birga, Qonunda xalqqa xizmat qilish davlat fuqarolik xizmatining asosiy printsiplaridan biri etib belgilanmoqda.
Yangi qonun davlat xizmati sohasini tartibga solishning huquqiy asoslari yaratiladi. Xususan, davlat xizmatchilarining toifasi, maqomi, malaka darajasi, ularga qoʻshimcha haq toʻlash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash bilan bir qatorda ularning masʼuliyatini ham yanada oshirishga xizmat qiladi.
Senat aʼzolari ushbu Qonunni maʼqulladi.
Yangiliklar lentasi
0