https://oz.sputniknews-uz.com/20220529/er-uchastkalarini-badal-evaziga-jamoat-ehtiyojlari-uchun-olib-qoyish-tartibi-belgilanmoqda-24863371.html
Yer uchastkalarini badal evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartibi belgilanmoqda
Yer uchastkalarini badal evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartibi belgilanmoqda
Qonunda jamoat ehtiyojlariga olib qoʻyiladigan yer uchun beriladigan kompensatsiya turlari va manbalari ham aniq koʻrsatilmoqda. 29.05.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-05-29T10:52+0500
2022-05-29T10:52+0500
2022-05-29T12:38+0500
jamiyat
yer mulki
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/15/24113433_0:158:3001:1846_1920x0_80_0_0_28baaf6af85b73435c4fc0c0f4bef43e.jpg
TOSHKENT, 29 may — Sputnik. Senat yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartibini nazarda tutuvchi qonunni maʼqulladi.Qonunda jismoniy va yuridik shaxslarga egalik qilish, doimiy foydalanish yoki vaqtinchalik foydalanish huquqi bilan tegishli boʻlgan yer uchastkasi yoki uning bir qismi jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi hamda ushbu yer uchastkasi, unda joylashgan koʻchmas mulk obʼyektlarining huquq egalariga kompensatsiya berish tartib-taomillari belgilanmoqda.Qonunda yer uchastkalarining kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga asos boʻladigan holatlarning roʻyxati aniq qilib koʻrsatilgan. Yer uchastkalarining har qanday boshqa maqsadlarda olib qoʻyilishini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish sifatida talqin etish qatʼiyan taʼqiqlanadi.Shuningdek, buzilishga tushgan hududda joylashgan yerga boʻlgan huquq mavjud boʻlmay turib, oʻn besh yil davomida koʻchmas mulkka halol, oshkora va uzluksiz egalik qilib kelgan shaxslarga ham ushbu koʻchmas mulk obʼyekti uchun soliqlar toʻlab kelingani tasdiqlangan taqdirda, mazkur koʻchmas mulk obʼyekti qiymatining oʻrni qoplanishi koʻzda tutilmoqda. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari huzurida kompensatsiya komissiyalari tuzililadi.Ular kompensatsiyalar oʻz vaqtida toʻliq hajmda berilishi ustidan muntazam monitoring va berilgan kompensatsiyalarning hisobi yuritilishini taʼminlaydi. Kompensatsiyalar oʻz vaqtida va toʻliq berilmagan holatlar aniqlanganda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari mahalliy Kengashiga axborot kiritilishi ham qonunda belgilangan.Qonunda jamoat ehtiyojlariga olib qoʻyiladigan yer uchun beriladigan kompensatsiya turlari va manbalari ham aniq koʻrsatilmoqda. Xususan, beriladigan kompensatsiya turlari pul mablagʻlari, shu jumladan turar joylarni va yashash uchun moʻljallanmagan joylarni vaqtinchalik ijaraga olish uchun pul mablagʻlari, boshqa koʻchmas mulk obʼyektini mulk qilib berishdan iborat.Qolaversa, madaniy qadriyatlarni saqlab qolish maqsadida bitta mahalla yoki koʻchada yashovchi huquq egalari va ularning oila aʼzolari xohishiga koʻra, ularga bitta mahalla yoki koʻchada joylashgan yangi uylar (bitta koʻp kvartirali uydagi kvartiralar) berilishi belgilanmoqda.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/15/24113433_164:0:2835:2003_1920x0_80_0_0_98201db41441647b7193a8c2275a012a.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
yer mulki
Yer uchastkalarini badal evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartibi belgilanmoqda
10:52 29.05.2022 (yangilandi: 12:38 29.05.2022) Qonunda jamoat ehtiyojlariga olib qoʻyiladigan yer uchun beriladigan kompensatsiya turlari va manbalari ham aniq koʻrsatilmoqda.
TOSHKENT, 29 may — Sputnik. Senat yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartibini nazarda tutuvchi qonunni
maʼqulladi. Qonunda jismoniy va yuridik shaxslarga egalik qilish, doimiy foydalanish yoki vaqtinchalik foydalanish huquqi bilan tegishli boʻlgan yer uchastkasi yoki uning bir qismi jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi hamda ushbu yer uchastkasi, unda joylashgan koʻchmas mulk obʼyektlarining huquq egalariga kompensatsiya berish tartib-taomillari belgilanmoqda.
Qonunda yer uchastkalarining kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga asos boʻladigan holatlarning roʻyxati aniq qilib koʻrsatilgan. Yer uchastkalarining har qanday boshqa maqsadlarda olib qoʻyilishini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish sifatida talqin etish qatʼiyan taʼqiqlanadi.
Shuningdek, buzilishga tushgan hududda joylashgan yerga boʻlgan huquq mavjud boʻlmay turib, oʻn besh yil davomida koʻchmas mulkka halol, oshkora va uzluksiz egalik qilib kelgan shaxslarga ham ushbu koʻchmas mulk obʼyekti uchun soliqlar toʻlab kelingani tasdiqlangan taqdirda, mazkur koʻchmas mulk obʼyekti qiymatining oʻrni qoplanishi koʻzda tutilmoqda. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari huzurida kompensatsiya komissiyalari tuzililadi.
Ular kompensatsiyalar oʻz vaqtida toʻliq hajmda berilishi ustidan muntazam monitoring va berilgan kompensatsiyalarning hisobi yuritilishini taʼminlaydi. Kompensatsiyalar oʻz vaqtida va toʻliq berilmagan holatlar aniqlanganda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari mahalliy Kengashiga axborot kiritilishi ham qonunda belgilangan.
Qonunda jamoat ehtiyojlariga olib qoʻyiladigan yer uchun beriladigan kompensatsiya turlari va manbalari ham aniq koʻrsatilmoqda. Xususan, beriladigan kompensatsiya turlari pul mablagʻlari, shu jumladan turar joylarni va yashash uchun moʻljallanmagan joylarni vaqtinchalik ijaraga olish uchun pul mablagʻlari, boshqa koʻchmas mulk obʼyektini mulk qilib berishdan iborat.
Qolaversa, madaniy qadriyatlarni saqlab qolish maqsadida bitta mahalla yoki koʻchada yashovchi huquq egalari va ularning oila aʼzolari xohishiga koʻra, ularga bitta mahalla yoki koʻchada joylashgan yangi uylar (bitta koʻp kvartirali uydagi kvartiralar) berilishi belgilanmoqda.