Jamiyat

Advokatura faoliyati raqamlashtiriladi

© Depositphotos / WavebreakmediaMolodoy chelovek smotrit v noutbuk za rabochim stolom
Molodoy chelovek smotrit v noutbuk za rabochim stolom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.05.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
2023 yil 1 yanvardan advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish YAIDXP orqali amalga oshiriladi
TOSHKENT, 30 may — Sputnik. “Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2023 yil 1 yanvardan:
advokatlik faoliyati uchun litsenziya berish, malaka imtihonini topshirish tartibi saqlangan holda, “Litsenziya” axborot tizimi orqali;
advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish YAIDXP orqali amalga oshiriladi;
advokatlikni boshlashda malaka imtihonini topshirish, litsenziya olish va advokatlik byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha kompozit xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratiladi.
2023 yil 1 yanvardan fuqarolarga yuridik yordam koʻrsatish jarayonlarini raqamlashtirish, advokatura sohasini sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari faoliyati bilan integratsiya qilishni nazarda tutuvchi “Yuridik yordam” axborot tizimi ishga tushiriladi.
Mazkur axborot tizimi doirasida:
- advokatlar elektron reyestri va advokatlarning shaxsiy elektron kabineti shakllantiriladi;
- advokatning shaxsiy elektron kabineti orqali jismoniy va yuridik shaxslar bilan onlayn muloqot qilish, elektron raqamli imzodan foydalangan holda ishonch bildiruvchi shaxs xohishiga asosan masofadan turib yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida onlayn bitimlar (shartnomalar) tuzish va onlayn yuridik yordam koʻrsatish imkoniyati yaratiladi;
- advokatura, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari oʻrtasida elektron hujjatlar almashinuvi yoʻlga qoʻyiladi;
- tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov harakatlari yoki sud majlisi oʻtkazilish vaqti va joyi toʻgʻrisida advokatga elektron xabar berish imkoniyati yaratiladi;
- advokat soʻrovini elektron yuborish va advokat soʻrovi asosida yuridik yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
- advokatning oʻz arizasiga koʻra advokatlik maqomini toʻxtatib turish elektron tarzda advokat tomonidan xabarnoma berish shaklida amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0