Hafta davomida harorat +37 darajagacha ko‘tariladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovV takuyu jaru mojno ne bespokoitsya o namochennoy odejde. Ona visoxnet za schitannie minuti
V takuyu jaru mojno ne bespokoitsya o namochennoy odejde. Ona visoxnet za schitannie minuti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2022
Obuna bo‘lish
O‘zgidromet hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab iqlimiy meyorlarga yaqin bo‘lgan havo harorati bilan asosan kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
30 may kuni respublika hududining katta qismida quruq va salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati +25...+28 daraja atrofida bo‘ladi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, asosan, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
31 may va ish haftasining oxirigacha mamlakat hududi bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ayrim kunlari tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Harorat asta-sekin ko‘tariladi va hafta o‘rtasiga kelib, 1-2 iyun kunlari kechalari +15...+18 daraja, kunduz kunlari +31...+34 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarida +35...+37 darajagacha bo‘ladi. 3-iyun juma kuni harorat foni +2..+3 darajaga pasayadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0